"Karimov o‘zidan keyin tosh otishlarini biladi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 78 yoshga to‘ladi.

Umrining chorak asrdan ko‘pini O‘zbekistondagi siyosiy hokimiyat cho‘qqisida o‘tkazgan janob Karimov sobiq sovet hududidagi eng keksa davlat rahbari hisoblanadi.

U o‘tgan yili besh yillik yana bir muddatga qayta saylangan va hech qachon o‘z ixtiyori bilan hokimiyatdan ketishiga ishora qilmagan.

Tahlilchilar keksayib borayotgan O‘zbekiston rahbarining nogahon hokimiyatdan ketishi mamlakatda siyosiy bo‘shliqni yuzaga keltirishi mumkinligini aytishadi.

O‘zbek ommaviy axborot vositalari Prezidentning tug‘ilgan kuni va uning yoshini eslatmaydi.

So‘nggi paytlarda Prezidentning 20 yil avvalgi suratlarini chop etish va ularni "yoshartirish" davlat matbuotida oddiy tajribaga aylangan.

Xo‘sh, Prezident Islom Karimov tug‘ilgan kunini qanday nishonlaydi?

Uning o‘tgan va o‘tib borayotgan siyosiy umri O‘zbekistonda qanday iz qoldirmoqda?

BBC bu haqda Prezidentning sobiq matbuot kotibi, taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev bilan suhbatlashdi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram-BBC UZBEK
  • Twitter-BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio