"Moskvaliklar, ko‘chaga chiqmang!"

Image copyright RIA Novosti

Moskva shahri hokimligi Rossiya poytaxti aholisini uydan ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi.

Bundan oldin Internet ijtimoiy tarmoqlarida mehnat muhojirlari uchun "qora ishlar"ni bajarish manfaatsiz bo‘lib qolgani oqibatida butun shaharlarning ko‘chalari tozalanmay qolib ketayotgani va gastarbayterlarni orqaga qaytishga undagan xabarlar tarqalgan.

Moskva meriyasining rasman e‘lon qilishicha, shaharda murakkab ob-havo sharoiti va ko‘chalarda yaxmalaklar hosil bo‘lgan.

"Piyodalarni shaharda harakatlanayotgan paytda o‘ta ehtiyot bo‘lishlarini, juda zarur bo‘lmasa ko‘chaga chiqmasliklarini so‘raymiz. Chunki shaharda kuchli yaxmalak saqlanib qolmoqda", deb aytishgan Moskva shahri hokimligi matbuot xizmati vakili.

Ob-havo mutaxassislari xabar qilishlaricha, oxirgi kunlarda Moskva shahri va Moskva viloyati Skandinaviyadan kelgan tsiklon ostida qolgan.

Mintaqaga iliq havo va ho‘l qor kelgan.

So‘ng qattiq yomg‘ir yoqqan va ko‘chalar muzlagan.

Image copyright RIA Novosti

Xabarlarga ko‘ra, poytaxtning ko‘pgina hududlarida odamlar yaxmalakda yiqilib, jarohatlar olmoqdalar.

Shahar hokimligi mulozimlari aytishlaricha, piyodalar yo‘laklari muzlardan tozalanmoqda, yo‘laklarga maxsus ishlov berilmoqda.

Shunga qaramasdan, ko‘chalar qattiq muz bilan qoplangan, yo‘lning plitka va asfalt yotqizilgan qismidan qadam qo‘yib yurish mushkullashgan.

Bu yilgi qish Rossiyaning qator shaharlari uchun qiyin keldi.

Chunki shu vaqtgacha Rossiyadagi eng iflos, og‘ir ishlarni aksar rossiyaliklarning o‘zi bajarishni istamas, bunga asosan mehnat muhojirlari ko‘nar edi.

Rossiyaga nisbatan kiritilgan jazo choralari va jahon bozorida neft narxining arzonlashishi ortidan rubl qadrsizlandi.

Mehnat muhojirlari AQSh dollari qimmatlashgan hozirgi sharoitda oldingi ishlagan ishlarida ishlash o‘zlari uchun foyda keltirmay qo‘yganini aytishmoqda.

Oqibatda har qishda tozalanadigan shaharlarning ko‘cha va piyoda yo‘laklari qor va loyga to‘lib qolgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq