Putinning muxolifi Qodirov "nishonida"

Image copyright instagram.kadyrov95

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram sahifasida Rossiya muxolif siyosatchisi Mixail Kasyanovning mergan nishonida turgani aks etgan videoni chop qilgan.

Sobiq bosh vazir va muxolifatdagi RPR-Parnas partiyasi rahbari Mixail Kasyanov Prezident Putinning eng ashaddiy tanqidchilaridan biridir.

Yaqinda Qodirov janoblari Putin tanqidchilarini "dushmanlar" va "xoinlar" deb atab chiqqandi.

Rossiyadagi muxolif siyosatchilar so‘nggi xabarni qotillik tahdidi deb ta‘riflashgan.

Chechen rahbari esa, janob Kasyanov Strasburgga muxolifat uchun pul olgani borganini da‘vo qilarkan, buni "anglab yetmaganlar endi anglaydi", deya qo‘shimcha qilgan.

O‘tgan mart oyi ham Ramzan Qodirov Instagram orqali Moskvada muxolifat rahbari Boris Nemtsov o‘ldirib ketilishiga munosabat bildirgandi.

Qodirov janoblari o‘z so‘zida qotillikda ayblangan chechenlardan birini himoya qilib chiqqan.

Bir kun o‘tib esa, Prezident Putin uni oliy mukofot bilan siylagan.

Nemtsov janob Putinning o‘tgan o‘n yillikda o‘ldirib ketilgan qator muxoliflaridan biri bo‘ldi.

Image copyright RIA Novosti
Image caption Kasyanov 2004 yil ishdan bo‘shatilgandi

Ramzan Qodirov Chechenistonni qattiqqo‘llik bilan boshqarib keladi. Uning qo‘li ostidagi kuchlar inson haqlarini toptash, jumladan, qiynoqlar va suiqasd amallarida ayblanadi.

U Vladimir Putin bilan yaqin aloqalarga ega va Prezident uni Chechenistondagi bo‘lginchilikka barham berishga rag‘barlantirib keladi.

Shimoliy Qofqoz respublikasida 1990 yillar rus qo‘shinlari isyonkorlarga qarshi kurashishar ekan, minglab insonlar nobud bo‘lgandi.

Yangi video Qodirov tomonidan Kreml tanqidchilariga qilgan tahdidlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. U muxolifatchilarni G‘arb bilan birga ishlashda ayblaydi.

Yakshanba kuni chop qilingan videotasvirda Mixail Kasyanov "Ochiq Rossiya" muxolif harakati yetakchisi va jurnalist Vladimir Kara-Murza bilan gaplashib turgani aks etgan.

Demokratiyani targ‘ib qiluvchi ushbu harakatga muhojirotdagi oligarx Mixail Xodorkovskiy tomonidan asos solingan.

Videotasvir 16,000 dan ortiq kishi tarafidan "yoqtirilgan".

Image copyright RIA Novosti
Image caption Ramzan Qodirov Rossiya muxolifatiga nisbatan keskin so‘zlar qo‘llaydi

"Tahdid"

Janob Kasyanov videoni bevosita o‘lim tahdidi sifatida ko‘rishini bildirgan va tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan.

Parnas partiyasi rahbarlaridan yana biri Ilya Yashin buni "Kasyanovni o‘ldirishga ochiq tahdid" ekanini aytgan.

Muxolif siyosatchilardan Aleksey Navalniy ham o‘xshash fikrni bildirgan.

BBCning Moskvadagi muxbiri Sara Reynsford hozirda bunday harakatlar Ramzan Qodirovning o‘z tashabbusi bilan amalga oshiriladimi, degan savol o‘rtaga chiqqan.

Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida esa, Kreml janob Qodirovdan o‘z tanqidchilarini qo‘rqitishda foydalanayotgani yuzasidan fikrlar bildirilmoqda.

Ayniqsa, bu o‘sib borayotgan iqtisodiy muammolar manzarasida kuzatiladi.

Muxbirimizga ko‘ra, ba‘zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zining "tegib bo‘lmas" ekaniga ishongan Ramzan Qodirov xatarli shaxsga aylanayotgani haqida gapirishgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter -BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio