Qozoq iqtisodiga nima bo‘layapti?

Image copyright InformBuro

Almatida Qozog‘iston Xalq banki oldida dollarga olingan ipoteka kreditlari bilan bog‘liq e‘tiroz va noroziliklar davom etayapti.

3 fevral kuni ham bir necha norozi kredit olgan odamlar qo‘llarida tova, qoshiq va vilkalar ko‘tarib, bank binosini qurshovga olmoqchi bo‘lganlar.

Bir necha yil oldin kreditlarni dollarga olgan shaxslar bugungi kunda Qozoq tengesi qadrsizlanib ketayotgani sabab to‘lovlarni to‘lashga qiynalmoqdalar.

Ular o‘zlarining ipoteka kreditlari to‘lovlarini qayta hisob-kitob qilib chiqishni talab qilishyapti.

Qozog‘iston tengesi qadrsizlanishiga esa qo‘shni Rossiyada rubl qadrsizlanayotgani hamda mamlakat iqtisodining asosiy tayanchlaridan bo‘lgan neft narxining dunyo bozorida arzonlashib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, Qozog‘istondagi iqtisodiy inqiroz u yerdagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatgan.

Migrantlar o‘z oilalariga yuborib turgan pul jo‘natmalari deyarli ikki barobar kamaygan.

Qozog‘istonlik iqtisodiy tahlilchi Saparboy Jubayevning aytishicha, "inqirozdan oldin ular 1000 dollar yuborib turgan bo‘lsalar, bu Qozog‘iston tengesida 185 ming tengeni tashkil etardi, lekin ming afsuski, hozir bu pul besh yuz dollarni tashkil qiladi. Shu O‘zbekistonga juda katta ta‘sir qilayapti", deydi Saparboy Jubayev.

Qozog‘istonning bugungi iqtisodiy ahvoli haqida iqtisodiy tahlilchi Saparboy Jubayev bilan suhbat.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio