Ukraina Moliya vaziri korruptsiya tufayli iste‘fo bermoqchi

Image copyright Reuters

Ukraina Iqtisodiy taraqqiyot va Savdo vaziri Ayvaras Abromavichus hukumatda islohotlar o‘tkazish imkoniyati yo‘qligi bois iste‘foga chiqishini ma‘lum qildi.

"Mamlakatdagi sistematik va muhim islohotlarni o‘tkazishga keskin to‘siq qo‘yilgani sababli bugun iste‘fo berishga qaror qildim", degan u.

"Men va mening jamoamda davlat pullari ustidan eski hokimiyat stilidagi nazorat o‘rnatishni xohlagan qo‘g‘irchoqlar qo‘li ostidagi ochiqdan-ochiq korruptsiya uchun oyna bo‘lish xohishi yo‘q,

Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikda ish olib borishga to‘sqinlik Oliy Radadagi "Pyotr Poroshenko Blogi" fraktsiyasi rahbar o‘rinbosari deputat Igor Kononenko tomonidan tashkil qilinmoqda.

"Siyosiy qudrat vakili sifatida mening nomzodimni vazirlik lavozimiga tavsiya qilgan deputat oxirgi oylarda mening va vazirlik vazifasini bajarishga to‘siq qo‘yishda charchamayapti", deb aytgan iste‘fo berayotgan vazir.

Shuningdek, Ayvaras Abromavichus hukumatni jamoasiga "shubhali odamlar"ni yaqinlashtirishga urinishda ayblagan. Janob Abromavichus o‘z iste‘fosi haqida prezident bilan ham, bosh vazir bilan ham maslahatlashmaganini ta‘kidlagan.

Asli litvalik biznesmen va East Capital shirkatining egasi Ayvaras Abromavichus Ukraina Moliya vaziri lavozimini 2014 yil dekabr oyida egallagan edi. Lavozimga tayinlanishidan oldin Ukraina fuqaroligini olgan. Bundan oldin AQShning Ukrainadagi elchisi Jeffri Payyett Abromavichusni hukumatdagi islohotlarning asosiy yetakchilaridan deb atagandi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio