"Maydondagilarni kim otganini bilamiz"

Image copyright AFP
Image caption Norozilik namoyishlari va tartibsizliklar Prezident Yanukovichning Ukrainani Ovro‘po Ittifoqiga yanada yaqinlashtirish maqsadi ko‘zlangan kelishuvni imzolashdan voz kechganidan keyin boshlanib ketgandi

Ukraina Bosh prokuraturasi 2014 yil 20 fevralda Kiyevda Ovromaydon faollarini otganlarning 25tasi shaxsi aniqlanganini bildirgan.

Prokuraturaga ko‘ra, ular o‘sha paytdagi hukumat kuchlari tarkibidagi jangchilar bo‘lganlar.

"Ayni paytda 25 jangchining 18 tasi "Berkut" chilar ekani, ikkitasi ularning komandirlari ekani ma‘lum bo‘ldi. Ularning hammasi qidiruvda. Yana besh nafari hibsda saqlanmoqda", - degan maxsus tekshiruvlar boshqarmasi prokurori Roman Psyuk Ukraina televideniyesiga bergan intervyusida.

Image copyright Getty
Image caption Maydonda "Molotov" kokteyllari ishlatilgan

Dushanba kuni Bosh Prokuror Viktor Shokin Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning qotilliklarga aloqasi aniqlangani haqida gapirgan.

Janob Shokin Ukraina sharqidagi mojarolarga barham berilgach, Yanukovichni javobgarlikka tortish imkoniyati bo‘lishiga umid bildirgan.

Image copyright AP
Image caption Noroziliklarda 100 dan ortiq inson halok bo‘lgan

Bundan oldin Ukraina qidiruv boshqarmasi Kiyevda Maydon qatnashchilariga o‘q uzilgan qurollarning bo‘laklari topilgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

2014 yil qishida Kiyevdagi norozilik aktsiyalari payti 106 kishi o‘ldirilgan, mingdan ortiq odam jarohatlangan edi.

Huquqni muhofaza qilish idoralarining 19 xodimi ham halok bo‘lgan.

Shu paytgacha Maydan hodisalari bilan bog‘liq birorta mahkama ishi bo‘lib o‘tgani yo‘q.

Image caption Viktor Yanukovich o‘q otishga buyruq bermaganini aytgan BBCga

2015 yil iyunda BBCga intervyu bergan sobiq prezident Viktor Yanukovich, Ukraina uchun mas‘ul bo‘lgan davrimda har bir tashlagan qadamim uchun hisob berishga tayyorman. Men Ukrainani tark etganimda u yerda tinchlik hukmron edi. Men urushga yo‘l qo‘ymadim", deb aytgan.

Ukrainada sizni Maydondagi ommaviy qotilliklarga aloqadorlikda ayblashadi. Siz Ukrainaga qaytib, mahkama qarshisida javob berishga tayyormisiz? - degan savolga janob Yanukovich, "Men Bosh prokuroturaga murojaat qildim. Bu kabi hujjatlar bo‘lsa oshkor qiling ommaga dedim.

Chunki jamoatchilikning xabari yo‘q. Chunki hech qanaqa tekshiruv bo‘layotgani yo‘q. Bir yarim yil o‘tdi. Qaytaga Maydonda ro‘y bergan barcha jinoyat izlarini yo‘q qilish harakatiga tushishgan…Bugun ukrainaliklar aslida Maydondagi qotilliklar prezidentning ham, hukumatning ham manfaatida bo‘lmaganini tushunib yetishdi. Bu qotilliklar radikallarga kerak bo‘lgan. O‘sha jinoyatchilar hokimiyatni mana shu yo‘l bilan olishni istashgan…

Albatta. Men mas‘uliyatni o‘zimdan soqit qilmayman... Men qon to‘kilishiga mutlaqo qarshi edim. Men hech qanday hokimiyat qon to‘kilishiga arzimaydi degan fikrdaman. Men Ukrainada urush bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qildim", deb javob bergan Yanukovich.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq