"Suriya aholisining 11 foizi o‘ldi yoki yaralandi"

Image copyright AP
Image caption 4 milliondan ziyod suriyaliklar vatanlarini tashlab chiqishgan

Britaniyada chop etiladigan Guardian ro‘znomasi Suriya Siyosiy tadqiqotlar markazining hisobotini chop etgan.

Hisobotda aytilishicha, Suriyadagi urushda mamlakat aholisining 11,5 foizi o‘lgan yo-da yaralangan.

Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining raqamlaridan ikki barobar ko‘pdir.

SSTM ga ko‘ra, Suriya urushida hozirga qadar 470 ming inson qurbon bo‘lgan, qariyb 2 million (1.88) inson yaralangan.

Image copyright
Image caption Qariyb 2 million inson yaralangan

BMT 18 oy avval Suriyada qurbonlarga doir statistik ma‘lumotlar to‘plashni to‘xtatgan.

Tashkilot bergan eng so‘nggi raqam 250 ming kishi edi.

Vayronagarchilik

Hisobotga ko‘ra, urush Suriyaning milliy sog‘liqni saqlash tizimi va butun infratuzilmasini vayron qilgan.

Mamlakatda o‘rtacha umr nisbati 2011 yilda 70 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib 55,4 ga tushgan.

Image copyright Reuters
Image caption Mamlakat butunlay vayron bo‘lgan

Suriya urushdan ja‘mi 255 milliard dollarlik moddiy ziyon ko‘rgan.

Qariyb 14 million suriyaliklar daromad manba‘laridan mahrum bo‘lishgan.

6 milliondan ortiq odam mamlakat ichkarisida ko‘ch etarkan, 4 milliondan ziyod suriyaliklar vatanlarini tashlab chiqishgan.

Guardian ga ko‘ra, Suriya Siyosiy tadqiqotlar markazi yaqin-yaqingacha Damashqda joylashgandi.

Nashrning yozishicha, hisobot butun Suriya bo‘ylab olib borilgan tadqiqot natijalariga asoslangan.

Guardian hisobot Suriya hukumati va uning ittifoqchilari bo‘lgan Rossiya va Eronni tanqid qilmaganiga e‘tibor qaratgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon