"Kulgan men emasman. Menmas yig‘lagan..."

BBCUZBEK Adabiyot: Halima Xudoyberdiyeva-O‘zbekiston Xalq shoirasi, "Ilk muhabbat", Chaman", "Suyunchi tog‘larim", "Bobo quyosh", "Issiq qor", "Sadoqat", "Muqaddas ayol" va "To‘marisning aytgani" kabi qator she‘riy kitoblar muallifi.

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida Ummatqul Xudoyberdi o‘g‘li va Shafoat Xonnazar qizi oilasida dunyoga kelgan.

*********************************************************************************************************************************************************

  • XATO KETDIM
  • Oqlayman deb dunyoni kirlanib bitdim o‘zim.
  • (Abdulla To‘qaydan)

Kulgan men emasman.

Menmas yig‘lagan,

Simsim sirqiragan sato, ketdim men.

Moziy qa‘rlaridan inju yig‘magan,

Bugunga sig‘magan sado, ketdim men.

Goh tikan ko‘klarkan gulzorlarida,

Ko‘nglim yerga kirdi ozorlaridan.

Kir-chir qo‘llar tegib bozorlarida

Ohori to‘qilgan mato, ketdim men.

Paydo. Shaydo edim. Nopoyt ayladilar,

Bargi xazonimdan bayt ayladilar.

Jayronday jonimni sayd ayladilar,

Jonim sayyodlarga ato, ketdim men.

Dunyoga nurli yo‘l solmoqchi edim,

Bandi bo‘ldim, garchandki soqchi edim.

Dunyo dog‘ini ketkazmoqchi edim,

O‘zimga dog‘ tegdi. Xato ketdim men.

Kulgan men emasman. Menmas yig‘lagan…

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram BBC UZBEK
  • Twitter BBC UZBEK
  • Odnoklassniki BBCUZBEK
  • Facebook BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq