Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Koinotning yana bir siri ochildi"mi?

LIGO Scientific Collaboration xalqaro loyihasida ishlayotgan olimlar hayratda.

Ularning aytishlaricha, ilk bor observatoriya sharoitida koinotdagi gravitatsion to‘lqinlarni qayd etishga muvaffaq bo‘lishgan.

Bu gravitatsion to‘lqinlar qariyb 1.5 milliard yil ilgari doirasimon harakatda bo‘lgan ikkita ulkan qora o‘raning bir-biri bilan to‘qnashuvi natijasida paydo bo‘lgan.

Yangilikning eng ahamiyatga molik nuqtalaridan biri shundaki, bu moddiy olamning bir-birini inkor etuvchi doiralar asosida mavjud ekaniga oid falsafa ahli orasidagi fikrlarning yana bir ilmiy isboti bo‘lib xizmat qiladi.

BBC O‘zbek Xizmati so‘nggi yangilikning ahamiyati xususida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti direktori Shuhrat Egamberdiyevni suhbatga tortdi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon