"Rus askarining hushi joyida bo‘lmagan"

Bu kabi xulosaga Yekaterinburgda o‘tkazilgan maxsus ekspertiza ortidan kelingan.

Tojikistondagi 201-sonli harbiy bo‘linma askari Dmitriy Tolstoy o‘tgan yil avgust oyida mahalliy taksi haydovchisi Tohir Sultonovni pichoqlashi ortidan, hibsga olingandi.

Seshanba kuni e‘lon qilingan ekspertiza xulosasida aytilishicha, hodisa yuz bergan paytda rus askarining hushi joyida bo‘lmagan.

Dmitriy Tolstoyning hujumi chog‘ida 24 yoshli haydovchi bo‘yni, boshi, qo‘llari doxil tanasining ko‘plab yeridan jarohat olgan va og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgandi.

Ammo shifokorlar Tohir Sultonovning hayotini asrab qolishga muvaffaq bo‘lishgandi.

Rossiyadan olingan xabarlarga ko‘ra, Dmitriy Tolstoy Tojikistonga eksraditsiya etilmaydi.

Rossiyaning o‘zida yana qo‘shimcha ikki oy hibs ostida qoladi.

Bu rus harbiylarining Tojikistonda keskin aks-sado bergan va mahalliy aholining noroziliklariga sabab bo‘lgan birinchi qilmishlari emas.

O‘tgan yil avgust oyi oxirida ham xuddi shunga o‘xshash hodisa yuz bergandi.

Mahkama rossiyalik ikki harbiyni tojikistonlik boshqa bir taksi haydovchisini o‘ldirganlikda aybdor, deb topgandi.

Oradan bor-yo‘g‘i 2 oy o‘tib esa, rossiyalik zobit Ivan Sherbakov poytaxt dushanbelik 22 yoshli Shoira Jobirovani o‘ldirganlik gumoni bilan hibsga olingandi.

Tojikistondagi 201-sonli o‘qchi diviziyasining bazasi – Rossiyaning chetdagi va Markaziy Osiyodagi eng yirik harbiy bazalaridan biri hisoblanadi.

Bu harbiy baza Tojikistonning uch shahri: poytaxt Dushanbe, Kulob va Qo‘rg‘on-Tepada o‘z bo‘linmalariga ega.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbekInstagram
  • BBC UZBEKTwitter
  • BBC UZBEKOdnoklassniki
  • BBC UZBEKFacebook
  • BBC UZBEKGoogle+
  • BBC UZBEKYouTube
  • BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)Skype - uzbekbbclondon
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq