Ukrainada boshqaruvdagi koalitsiya tarqaldi

Image copyright UNIAN

Ukraina parlamentida o‘zgarishlar yuz berishi davom etmoqda.

"Samopomoshch" fraktsiyasi ham Oliy Radaning boshqaruvdagi "Evropeyskaya Ukraina" koalitsiyasidan chiqqanini bildirdi.

Bu esa parlament ko‘pchilikning tarqalishini anglatadi. Koalitsiyada deputatlar soni talab qilingan 226 tadan kam bo‘lib qolgan.

Image copyright UNIAN

"Samopomoshch"ning parlamentda oligarxlar to‘ntarishi ishtirokchilari bo‘lgan siyosiy kuchlar bilan bir ittifoqda qolishi mumkin emas va parlament koalitsiyasida ishtirokini tugatadi", deyiladi partiya murojaatida.

Radada 33 deputat o‘rniga ega "Samopomoshch" fraktsiyasi koalitsiyani tark etgan uchinchi partiyadir. Bundan oldin Oleg Lyashkoning Radikal partiyasi va Yuliya Timoshenkoning ""Batkivshchina" partiyalari ittifoqdan chiqqan edilar.

Fraktsiya raisi Oleg Berezyuk "Samopomoshch" deputatlari Oliy Radadagi barcha lavozimlarini qoldirishlarini aytgan.

Image copyright RIA Novosti

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyukka ko‘ra, "Samopomoshch"ning koalitsiyadan chiqishi uning rahbarlarining mas‘uliyatni zimmalariga olishga layoqatsizligini ko‘rsatadi.

"Hozir vaziyat birmuncha murakkab, shuning uchun o‘zni qo‘lga olib, ginalarni unutib, mamlakat taqdiri uchun mas‘uliyatni zimmasiga olib oldinga harakat qilmoq lozim. Men Prezident Poroshenko va uning fraktsiyasiga qo‘limni uzataman", deb aytgan u.

Prezident Petra Poroshenkoning parlamentdagi Bloki rahbari Yuriy Lutsenkoning jurnalistlarga aytishicha, deputatlar koalitsion kelishuvga imzo cheksalargina koalitsiya yuridik jihatdan tarqalgan hisoblanadi. Shu paytgacha parlamentda deputatlar qancha bo‘lgan bo‘lsalar, hali ham shuncha.

Biroq aslini olganda koalitsiya allaqachon tarqalib bo‘lgan, deb qayd qilgan u.

Amalga oshmagan iste‘fo
Image copyright UNIAN

Chorshanba kuni boshqaruvdagi koalitsiyadan Arseniy Yatsenyukning bosh vazirligiga qarshilik ma‘nosida Yuliya Timoshenkoning fraktsiyasi chiqdi.

Timoshenkoxonim buni mavjud yagona qaror degan va boshqa fraktsiyalarni ham koalitsiyani tark etishga chaqirgan.

Seshanba kuni Oliy Radada Arseniy Yatsenyuk hukumatiga ishonchsizlik bo‘yicha ovoz berildi. Biroq hukumatni iste‘foga yuborish uchun yetarli ovoz to‘planmadi.

Bosh vazir iste‘fosi uchun eng ko‘p "Batkivshchina", "Petr Poroshenko Bloki", "Samopomoshch" va "Radikalnaya partiya" deputatlari ovoz berganlar. Yatsenyukning "Narodny front" partiyasi hamda "Oppozitsionny blok" va "Vozrojdenie"deputatlari qarshi chiqqanlar.

Oleg Lyashkoning partiyasi o‘tgan yil sentyabr oyida Konstitutsiyada detsentralizatsiya o‘zgartirishlariga qarshi koalitsiyadan chiqqan edi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq