"Tojikiston hukumati muxoliflarini yo‘qotmoqda"

Image copyright httpwww.president.tj

Human Rights Watch va Xalqaro Xelsinki tashkilotining bugun chiqargan murojaatida aytilishicha, "Tojikiston hukumati tinch muxolif partiyaga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazmoqda, a‘zolariga tahdid qilinmoqda, hibsga olinmoqda. Bundan tashqari Tojik hukumati nafaqat mamlakatdagi, balki xorijdagi muxolifatchilarini nishonga olib, ularni Tojikistonga qaytarishga yoki jismonan yo‘q qilishga urinmoqda".

Xuquq faollari Tojikistonda inson haqlari bilan vaziyat tobora yomonlashib borayotganini aytib, xalqaro hamjamiyatni bunga e‘tibor berishga chaqiradi.

Tojikistonning muxolifatdagi Islom Uyg‘onish partiyasining qator a‘zolari "terrorizm", "hukumatni kuch bilan egallashga urinish", "jinoiy tashkilot tuzish" kabi moddalar bilan ayblanib, mahkamaga tortilganlar. Partiyaning ayni paytda muhojirotdagi rahbari Muhiddin Kabiriyga Tojikistonda jinoiy ish ochilgan va xalqaro qidiruvga berilgan.

BBC Muhiddin Kabiriy bilan suhbatlashib, partiya a‘zolariga qo‘yilayotgan ayblovlar qanchalik asosli deb so‘radi.

Muhiddin Kabiriy: Albatta biz bu ayblovlarni avval ham inkor qilganmiz, hozir ham inkor qilamiz. Va u o‘ylab topilgan deb bilamiz. Hukumat uzoq vaqtdan beri tayyorlanib kelardi bizning partiyani taqiqlashni. Chunki bu muxolifatdagi haqiqiy yagona rasman tan olingan partiya edi. Hukumat muxolifatdagi partiyaga u diniy bo‘ladimi, dunyoviymi toqatsiz ekanini ko‘rsatdi. Agar bizning o‘rnimizga boshqa dunyoviy partiya bo‘lganida ham ularning taqdiri shunday kechgan bo‘lardi.Siz sobiq Sanoat vaziri Zayd Saidovni yaxshi eslasangiz kerak. U shunday siyosiy partiya tashkil etishni xohlagan va uning partiyasi muxolifatdagi eng kuchli partiyalardan biri bo‘lishga hamma imkoniyatlar bor edi. Oqibatda nima bo‘ldi, uni mol-mulkini musodara qilish bilan, qattiq tartibdagi qamoq rejimiga 30 yilga kesib yuborishdi. Men o‘ylayman, bizning partiyaning hozir sudlanayotgan a‘zolarini ham shunday taqdir kutayotgan bo‘lishi mumkin. Yana ta‘kidlab aytaman, bu bilan Tojik hukumati haqiqiy muxolifatga hech ham toqat qila olmaydi. Albatta Tojikiston hukumati, umuman olganda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari uchun islomiy muxolifatni jazolash bir muncha oson, chunki dunyoda kechayotgan hodisalar manzarasida, hozir terrorizmni islom bilan, islomiy faollar bilan uyg‘unlikda tasvirlash odatiy hol. Shu bois hamma ham bizda nimalar sodir bo‘layotganini anglayvermaydi va mo‘‘tadil islom vakillari bilan radikal islomchilarning farqini ajratib ololmaydi. Shuning bois, Tojik hukumati ana shu holatdan o‘zi uchun juda muvaffaqiyatli foydalanyapti. Qachon butun dunyo "islom terrorizmi" deb atalayotgan narsa bilan kurash olib borayotganda, boshqa bir qism Ukrainadagi, Suriyadagi va boshqa yerdagi voqealar bilan band bo‘lib qolganda, Markaziy Osiyo bilan hech kim shug‘ullanish hech kimning xayoliga kelmayapti. Sodir bo‘layotgan bu narsalar manzarasida Tojik hukumati imkoniyatdan maksimum darajada foydalanishni xohlayapti. Va muxolifatdan, birinchi navbatdan bizning partiyadan qutulmoqchi. Chunki mamlakatda bizdan boshqa muxolifat qolmadi. Ular har qanday cho‘ntak siyosiy partiyalarni tuzib, o‘z yo‘riqlariga yurita oladilar. Va bunga ishonadigan kishi topilishiga shubha bo‘lsa ham, demokratik taraqqiyot foni yasaladi. Afsuski, mening hamkasblarim shunday murakkab vaziyatning ichiga tushib qoldilar.

1997 yil Tinchlik kelishuvi imzolanganda Islom Uyg‘onish partiyasining ahamiyati katta bo‘lgandi. Va hukumatda qudratning uchdan bir qismi muxolifatga berilishiga kelishilgandi. Nima bo‘ldiki, bugunga kelib bularning barchasi yo‘qotildi?

Muhiddin Kabiriy: Bu juda ham oddiy. Biz Tinchlik bitimi imzolaganimizda, fuqarolar urushi kabi fojeadan keyin hech kimning xayoliga boshqa tomonni aldash fikri kelmagan edi. Tojiklar tabiatan ishonuvchan odamlar. Hech kimning xayoliga kelmagan ediki, hukumat bir-ikki yildan keyin kelishilgan 30 foiz kvotani bekor qilishi va va‘dalarini bajarmasligini. Biz hammamiz Tojikistonda nihoyat erkin, demokratik saylovlar bo‘lishiga umid qilgan edik. Chunki bu tinchlik kelishuvining asosiy talablaridan biri edi. Va biz imkon boricha kelishuvda u yoki bu darajada erkin saylovlar o‘tishini kafolatlaydigan talablarni kiritishga harakat qilgan edik. Misol uchun biz barcha saylov uchastkalarida muxolifat vakillari bo‘lishini talab qildik. Lekin hukumat aytdiki, markaziy saylov komissiyasida siyosiy partiyalar vakillari yetarli bo‘ladi deb. Biz o‘sha paytda joylarda mahalliy saylov komissiyalari mahalliy hukumat so‘rovi bilan tuzilishini bilmaganmiz. Ya‘ni, markaziy saylov komissiyasi mahalliy saylov komissiyalarini tuzishga hech qanday huquqi yo‘q edi. Hukumat shu tariqa qonunchilikning bu jihatlaridan foydalandi, aldab, tinchlik kelishuvidan uzoqlashdi. Xalqaro hamjamiyat tolibon, Al Qoida va keyin IShID bilan band bo‘lib qolganda, tinchlik kelishuvi shartlaridan butunlay voz kechib qo‘ya qoldi. Hozir bu shunday izohlanyaptiki, tinchlik kelishuvi qandaydir ma‘lum bir vaqt uchun tuzilgan va ya‘ni u abadiy emas edi deb. Aslini olganda, kelishuvdagi talab va me‘yorlar Tojikiston uchun doimiy xarakter kasb etishi kerak. Masalan, erkin va demokratik saylovlar, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, ko‘ppartiyaviylik. Birinchidan bu jihatlar Tojikiston qonunchiligida aks etgan, ikkinchidan ular tinchlik kelishuvida ko‘rsatilgan. Hozir hukumat bu narsani o‘zicha sharhlamoqda. Ya‘ni ular umumiy kelishuvni buzmaganlar. Muxolifat arz qilishga haqqi yo‘q. Men o‘ylayman muxolifatning rostgo‘yligi va ishonuvchanligi achchiq hazil bo‘ldi.

Umuman olganda, Islom Uyg‘onish partiyasi mamlakatning siyosiy hayotida qanday o‘ringa ega bo‘ldi? Hamma emas, lekin ko‘pchilik oxirgi paytlarda muxolifat hukumatga qarshi turishga tishsiz, qurbi yo‘q. Siyosiy hayotda aytarli roli bo‘lmay qolgandi, degan fikrlarni aytishyapti. Sizningcha, Tojikiston hayotida partiya qanday rol o‘ynadi?Umuman olganda, Islom Uyg‘onish partiyasi mamlakatning siyosiy hayotida qanday o‘ringa ega bo‘ldi? Hamma emas, lekin ko‘pchilik oxirgi paytlarda muxolifat hukumatga qarshi turishga tishsiz, qurbi yo‘q. Siyosiy hayotda aytarli roli bo‘lmay qolgandi, degan fikrlarni aytishyapti. Sizningcha, Tojikiston hayotida partiya qanday rol o‘ynadi?

Muhiddin Kabiriy: Bilasizmi, bizning tanqidchilarimiz bu yerda haqlar. Biz hukumatga qurolni topshirganimizda, qariyb 5000 jangchi Tojikiston qurolli kuchlarining tarkibiga kirgandi. Biz hukumat bilan bitta yagona tarkibni tashkil qilar ekanmiz, har bir partiyaning qurolli tarkibi bo‘lishi nega kerak, deb o‘ylagandik.Bu mantiqan to‘g‘ri va umumiy kelishuvga munosib edi. Lekin hukumat bizni qurollantirishi bilan barcha kuchini muxolifatga bosim o‘tkazishga qaratdi. Shunday qilib biz murakkab vaziyatda qoldik. Bir tomondan qurolni topshirdik va tinch parlament partiya sifatida harakat qila boshladik. Hukumat esa bizga avvalgi munosabatida qolgan ekan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon