Gorbachyov Mixalkovga siyosatga suqilmaslikni aytdi

Image copyright RIA Novosti
Image caption Gorbachyov ilgari ham Sovet Ittifoqining parchalanishida aybdor degan tanqidlarga tutilgan

Sobiq ittifoqning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov rejissyor Nikita Mixalkovga siyosatga kirmasdan, o‘z ishi bilan band bo‘lishi yaxshiroq ekanini maslahat bergan.

Janob Gorbachyovning so‘zlari Mixalkovning aybloviga javoban yangragan.

Avvalroq rossiyalik taniqli rejissyor Nikita Mixalkov Mixail Gorbachyov va Boris Yeltsin siyosatini davlat darajasidagi jinoyat deb tan olishni taklif qilgandi.

"Yaxshisi o‘z ishi bilan shug‘ullana qolsin. Unda faqat shunday e‘tiroz bo‘lgan: podshohga chiqish. Bunday bo‘lmaydi. Siyosatga keladigan bo‘lsak, unda hamisha katta e‘tirozlar va ambitsiyalar bor, bu esa zararli. Uning o‘z sohasi bor, shu muhimroq, biz uning talantini qadrlashimiz kerak. Siyosatga esa suqilmagani yaxshi", - deb aytgan Mixail Gorbachyov Mixalkov haqida BBCga.

Mixalkov Interfaks agentligiga bergan intervyusida Sovet Ittifoqining parchalanishi buyuk geopolitik fojea bo‘lgani, bunga esa Gorbachyov va Eltsinning siyosati aybdor, degan fikrni bildirgan.

Gorbachev bu fikrlaridan so‘ng Mixalkovga o‘zini bosib olishni maslahat beradi.

Image copyright AP
Image caption Mixalkov o‘z ishi bilan shug‘ullangani foydaliroq, degan Gorbachyov

"U o‘ziga kelishi kerak. Men hammadan shoshmaslikni va kutishni so‘rayman, bizga berilgan narsani amalga oshishi, bugungi hayotga uyg‘unlashib, odamlarni tuzatishi uchun imkon berishimiz kerak. U me‘yorida va erkin bo‘lishi lozim. Muhimi, bizda hayotning qaysi sohasida bo‘lmasin tentaklar, shoshma-shosharlar bo‘lmasin va hayotni boshqarishga urinmasin", deb ta‘kidlagan Gorbachyov.

Sobiq prezident Mixail Gorbachyov Sovet Ittifoqini saqlab qololmagani uchun tanqid nishoniga olingan holatlar Rossiya ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoq sahifalarida tez-tez uchrab turadi.

Dumaning bir qancha deputatlari sobiq Ittifoqning birinchi va oxirigi prezidenti Mixail Gorbachyovni "buyuk mamlakatni parchalash" ga mas‘ul sifatida mahkamaga tortishga chaqirgandilar.

Gorbachev o‘zini sudlashga chaqiriqlar "aqlsizlikdan boshqa narsa emas" degan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida muhokama qilgan aksariyat foydalanuvchilar Gorbachyovni SSSRni tarqalishda aybdor deb bilishlarini aytsalar, ba‘zilar "keksa kishi"ni endi tinch qo‘yishga chaqirganlar.

Putin siyosati haqida bir necha bor tanqidiy fikrlar aytgan Mixail Gorbachyov Qrimning Rossiya tarkibiga kirishini yoqlagan, Sovet xatosi tuzatildi, degandi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter -BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq