"Ruhiy shifoxonalar islohga muhtoj"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Joriy hafta BBC Jahon Xizmati "Ichki dunyo" deb nomlangan mavsum boshladi.

O‘zbek jamiyatida ruhiy kasallarga munosabat qanday?

O‘zbekistondagi psixiatriya xizmati faoliyati qanchalar talabga javob beradi?

Ruhiy kasalliklar bilan bog‘liq muammolar, sog‘liqni saqlash tizimi va jamiyatda ruhiy xastalarga munosabat, davolash usullariga oid bahsu munozaralar berib boriladi.

Dunyoning turli burchaklaridan tayyorlangan lavhalar qahramonlari jamiyatda ruhiy kasallarga nisbatan tahqirona munosabat hamon saqlanib qolgani, psixiatriya xizmati talabga javob bermasligi haqida gapiradilar.

Ko‘pda ruhiy kasalxonalardagi shart-sharoitlar abgorligi, insonlar zehniyatida bunday tibbiy maskanlarga nisbatan salbiy munosabat shakllangani haqida gapiriladi.

Shifokormi, kinnachimi?

Hali hamon "mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shni"dan istihola qilib, ruhiy xasta insonni shifokorga olib borilmaslik, ularni uydan tashqari chiqarmaslik yo-da, tabib va yo mullalarga ko‘rsatish bilan cheklanish hollari mavjudligi ham sir emas.

Facebook dagi sahifamizda fikr qoldirgan Gulshoda Qurbonova o‘zbek jamiyatida keng tarqalgan an‘anaviy "muolaja" usullarining samarali ekanini savol ostiga oladi.

"40 mulla bir ruhiy bemorni davolashga kuchi yetmaydi. Ammo yuzlab ruhiy bemorlarni bir vrach vaqtincha davolab yuborishining guvohi bo‘lganman".

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruhiy shifoxonalardagi sharoitlar yaxshi emas, ammo malakali shifokorlar bor.

"Boriga shukur vrachlarini. U yerda ishlashni o‘zi bo‘lmaydi. Ma‘naviy jasorat sohiblari vrachlari. Medal berish kerak. Nazorat kuchli u yerda sababi..." deb yozadi u.

Oybek Krsavchik ismli Facebook foydalanuvchisi esa ruhiy kasallar uchun shifoxonalarning yetishmasligidan noliydi.

"Yaxshi kasalxona yo‘q, Sergelidagiga borib ko‘ring, xulosani o‘ziz chiqarib olasiz, eng oddiy "joy yo‘q" - deydi, malakali hamshiralar kam".

"Islohga muhtoj"

Zilola Eshanova ruhiy shifoxonalar isloh qilinishi kerakligini aytadi.

"Ahvolni tubdan isloh qilish kerak. Bazi ruhiy shifoxonalarda odam o‘lib ketsa ham hech kimning ishi yo‘q. Ruhiy shifoxonalardagi azobli holatga ruhiy kasallar sog‘aymaydi, aksincha dardi yana da kuchayadi".

Sharaf Safarov esa "Sog‘ odamlar shuncha daraxtni kesib tashlarmidi?" deya izoh qoldirgan.

Ayrim BBC mushtariylari xastalikning ijtimoiy tabiatiga e‘tibor qaratganlar.

Jumladan, Tohir Bilolov "ruhiy kasallarni davolashdagi sifat kandayligini bilmadim-u, lekin soppa-sog‘ odamlarning jamiyatdagi kayfiyatdan ruxiy xasta bo‘lib qolishlari hech gap emas", deb yozadi.

"Hozir odam o‘zini sal jinnilikka solib, beparvo yurmasa, rostdan ham jinni bo‘lib qoladi", - deydi Muhammad Mirzo.

Toshkentdan ruhshunos olim Mahmud Yo‘ldoshevning BBC bilan suhbatda aytishicha, ruhiy kasalliklarning tarqalishida ijtimoiy omillarning ta‘siri katta.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon