"Chet elda davolanmoqchiman, ammo..."

O‘zbekistondagi inson huquqlarini himoya qilish "Ezgulik" jamiyatining a‘zosi Shoira Sodiqbekova aytishicha, bir yildan buyon yuragida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Hindistonga borolmayapti.

Hindistondagi inson yuragini davolaydigan klinikalari biri bilan olib borgan muloqotlari natijasida jarrohlik amaliyoti uchun 10 ming AQSh dollari talab etilishi ma‘lum bo‘lgan.

Lekin O‘zbekiston banklari turli sabablarni ro‘kach qilib davolash uchun yig‘ilgan O‘zbek so‘mlarini dollarga almashtirishmayapti.

Sarson-sargardon bo‘lgan Shoira opaning aytishicha, u konvertatsiya so‘rab murojaat qilgan Toshkentdagi banklarning deyarli barchasi "bizda valyuta yo‘q, imkoniyat yo‘q, boshqa bankka murojaat qiling" deb javob qaytarganlar.

Bugungi kunda yoshi oltmishdan oshgan Shoira opa salomatligi yomonlashgani ustiga biometrik pasport bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelmoqda.

Shoira Sadiqbekovaning da‘vo qilishicha, uning yangi pasport muammolari O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi qoshidagi "Valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash" departmenti bilan bog‘liq.

Shuncha muammolardan o‘tib, nega Hindistonga borib davolashga qaror qildingiz, degan savolga Shoira Sodiqbekova, "O‘zbekistondagi vrachlarning malakasi past" va "Bu yerdagi vrachlarga ishonmayman", deb javob berdi.

"Juda ko‘p o‘zbekistonliklar Hindistonga borib o‘sha yerdan shifo topib kelishyapti. Qancha qo‘shnilarim u yerlarga borib, sog‘ayib qaytib kelishdi. Bunga o‘zim guvoh bo‘ldim", deydi u.

Shoira Sodiqbekova bilan suhbat.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon