Rossiya uchog‘i Toshkentga majburan qo‘ndi, tekshiruv boshlandi

Image copyright AFP

Bu haqda G‘arbiy-Sibir tergov qo‘mitasining naqliyot bo‘limi matbuot xizmati rasman ma‘lum qildi.

“Azur-Eyr” havo shirkatiga qarashli “Boeing 767-300” yo‘lovchi uchog‘i bugun juma kuni Moskva vaqti bilan tong sahar 03:38 daqiqa o‘tganda Toshkentning xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgandi.

Xabarlarga ko‘ra, Moskva-Pxuket yo‘nalishida parvoz qilayotgan uchoq bortida 327 nafar yo‘lovchi va o‘nga yaqin ekipaj a‘zolari bo‘lishgan.

Maxsus qurilmasi dvigateldagi moy miqdori keskin pastga tushib ketishini ko‘rsatishi ortidan esa, uchoq Toshkentga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Rossiyadan olingan eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, hozir mas‘ullar nega bunday bo‘lgani sababini tekshirishga kirishishgan.

O‘z navbatida, “Azur-Eyr” havo shirkati yo‘lovchilarni yakuniy manzillari – Tailandga yetkazish uchun hozir Toshkentga ikkita boshqa “Boeing 757-300” uchog‘i yuborish harakatida ekani aytilmoqda.

Rossiyalik mas‘ullarning aytishlaricha, Pxuketga uchayotgan uchoq Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘nishning uddasidan chiqqan.

Na-da yo‘lovchilar va na-da uchoqning o‘ziga birori bir ziyon yetgan.

Rossiya axborot agentliklarining xabar berishlaricha, Yenisey naqliyot prokuraturasi allaqachon bu yo‘lovchi uchog‘ining parvoz xavfsizligi qoidalariga qanchalik rioya qilganini tekshirishga kirishgan.

Bu reys yo‘lovchilari haq-huquqlarining ta‘minlanishini o‘z nazorati ostiga olgan.

G‘arbiy-Sibir naqliyot prokuraturasi rasmiy vakilining RIA-Novosti axborot agentligiga aytishicha esa, Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan uchoq yo‘lovchilari barcha lozim narsalar bilan ta‘minlangan. Ularga issiq ovqat ham berilgan.

Image copyright Photo FLICKR Aleksandr Zykov

Oksana Gorbunova xonimlariga ko‘ra, bu haqda o‘zlarini avishirkat vakillari boxabar etishgan.

Rasmiy xabarlardan ma‘lum bo‘lishicha, shirkatning 15 apreliga qadar Krasnoyarsk o‘lkasida rasman faoliyat olib borishga haqli sanalgan.

Xuddi shu bois ham, shirkat yo‘lovchi uchog‘i bilan yuz bergan hodisani tekshirish ishlari bilan aynan Yenisey naqliyot prokuraturasi shug‘ullanmoqda.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter -BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCU
  • UZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq