Eron saylovlari: islohotchilar g‘alaba qozonishdi

Image copyright Reuters

Tehrondagi saylovlarda islohotchilar va mo‘‘tadil nomzodlar yirik g‘alabani qo‘lga kiritganlar.

Bu islohotchi prezident Hasan Ruhoniy safdoshlarining Eron o‘zining bahsli yadroviy dasturi bo‘yicha dunyoning qudratli mamlakatlari bilan kelishuvga erishganidan keyingi ilk saylovlardagi yutug‘idir.

90 foiz saylov varaqalari sanab chiqilgan. Ruhoniyni quvvatlovchi nomzodlar Tehrondagi barcha 30 o‘ringa egalik qilishi aniq bo‘lgan.

Konservatorlardan yetakchi nomzod Haddad Odil 31-o‘rinda.

Millionlab saylovchilar 26 fevral kuni parlament vakillari va mamlakatning oliy ruhoniy rahbarini tayinlaydigan Saralar Kengashi a‘zolari saylovlarida ovoz berdilar.

Eron rasmiylari saylovchilarning o‘ta faol qatnashganlarini xabar qilganlar.

Ovoz berish natijasida 290 deputat to‘rt yillik muddatga parlamentga, shuningdek, 88 diniy ulamo sakkiz yillik muddatga Ekspertlar kengashiga saylanadilar.

Prezident Ruhoniyga ko‘ra, Eronning halqaro hamjamiyat bilan yadroviy dastur borasida kelishuvga erishishi hukumatni mustahkamlovchi omil bo‘lgan.

Boshqa kichik shaharlar va qishloqlardagi saylov natijalari Tehrondagidan farq qiladi. Har doimgidek bu hududlarda aholi konservator-siyosatchilarni quvvatlab kelishadi.

Dastlabki natijalarga binoan, mo‘‘tadil va islohotchi nomzodlar mamlakat oliy ruhoniysini tanlaydigan Ekspertlar kengashida ham mavqe‘larini mustahkamlash imkoniyatiga egalar.

Oliy ruhoniy rahbar Oyatulloh Ali Homanaiy eronliklarning saylovlardagi faol ishtirokini olqishlab chiqqan. Oyatulloh Homanaiy so‘zlariga ko‘ra, bunchalik faollik Eron "dushmanlarining hafsalasini pir qiladi".

Bu saylov natijalari bo‘yicha Eron parlamentining 290 a‘zosi saylanadi.

Kengash hozir 76 yoshda bo‘lgan va salomatligi yomonlashgan Ali Homanaiy o‘rniga yangi Oyatullohni saylashi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek, ushbu saylovlar natijalari islohotchi Prezident Hasan Ruhoniyning 2017 yili qayta saylanishi-saylanmasligiga bevosita ta‘sir qiladi.

Bi-bi-si muxbiriga ko‘ra, ushbu saylovlarda asosiy masala iqtisodiyot bo‘lgan.

Eronga nisbatan G‘arb joriy etgan sanktsiyalarning bekor qilingani eronliklarning kundalik hayotini yaxshilashiga umidlar paydo bo‘lgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq