2016 yilgi "Oskar" sovrindorlari aniqlandi

Image copyright Reuters

Los-Anjelesda Amerika kinoakademiyasining 88-mukofotlari g‘oliblarini taqdirlash maqrosimi bo‘lib o‘tdi.

"Eng yaxshi film" deb rejissyor Tom Makkartining "Diqqat markazida" badiiy filmi topilgan.

Filmda katolik cherkovdagi pedofillar mavzusi ko‘tarilgan.

"Omon qolgan" filmidagi bosh roli uchun Leonardo di Kaprio nihoyat uzoq kutilgan Oskar mukofotini oldi.

Image copyright AFP

Eng yaxshi aktyor nominatsiyasida g‘olib chiqqan Di Kaprioni marosimdagilar o‘rinlaridan turib olqishlaganlar.

Aktyor o‘z karerasida olti marta nomzodlikka qo‘yilgan, lekin g‘oliblik nasib qilmagan edi.

Image copyright AFP

"Omon qolgan" filmi yana ikki mukofotni qo‘lga kiritgan.

Film rejissyori Alexandro Inyarritu eng yaxshi rejissyor, Emmanuel Lyubettski eng yaxshi operator deb topilgan.

Image copyright AFP

Eng yaxshi ayol roli uchun mukofot "Xona" dramasidagi bosh roli uchun Bri Larsonga topshirilgan.

Mukofotni qabul qilib olar ekan, 41 yoshli Di Kaprio ekologiyaga e‘tibor qaratishga chaqirgan.

"Ekologik muhit o‘zgarib bormoqda, u har kuni sodir bo‘lyapti. Bu insoniyatga xavf solayotgan eng katta xatar. Biz hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak", degan u.

Oskar marosimining boshqa qatnashchilari ham turli dolzarb muammolarga e‘tibor qaratishgan.

AQSh vitse prezidenti Jo Bayden va qo‘shiqchi Ledi Gaga jinsiy zo‘ravonlikka qarshi jim qarab turmaslikka chaqirganlar.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon