Usmonov Evertonni sotib olgani yo‘q

Image copyright AFP
Image caption Robert Martines "Everton"ga yangi sarmoya, yangi qon keldi, deydi

"Everton" klubi boshqaruvchisi Robert Martinesning aytishicha, Farhod Mashiriy klubning 49 foiz sarmoyasini sotib olganidan so‘ng tushadigan ko‘proq bosimni u uddalaydi.

27 fevral kuni Alisher Usmonovning biznes sherigi Farhod Mashiriy "Everton"ning 49,9 foizlik aktsiyasini sotib olganini futbol klubi rahbariyati tasdiqladi.

"Chuqur o‘rganishlardan keyin shuni e‘lon qilishim mumkinki, klubni olg‘a yurg‘izishda yordam beradigan ideal sherikni topdik", deyiladi "Everton" raisi Bill Kenrayt nomidan e‘lon qilingan bayonotda.

"Everton" menejeri Robert Martines aytishicha, endi klub oldida katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish imkoniyati yuzaga kelgan.

"Klubimizga yangi sarmoyador va yangi qon bilan sen o‘sha ilhomlantiruvchi narsalarga tezroq yetishning yangi imkoniyatlariga ega bo‘lasan. Rais va men to‘g‘ri natijani qo‘lga kiritish zaruriyati oldida bosim ostida qolamiz", deb aytgan "Everton" boshqaruvchisi.

60 yoshli Eronda tug‘ilgan milliarder Farhod Mashiriy "Arsenal" aktsiyalarining sohibi edi.

Image copyright Getty

U o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovga "Arsenal"dagi aktsiyalarini sotgani xabar qilindi.

Bundan keyin janob Usmonovning "Arsenal"dagi ulushi 30,04 foizni tashkil etgan.

Matbuotda Alisher Usmonovning "Everton"ni sotib olgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq janob Usmonov vakili bu xabarni rad etgan.

Shuningdek, matbuotda Farhod Mashiriy "Arsenal"ga millionlab mablag‘ sraflayotganiga qaramasdan, klub hayoti uchun muhim qarorlar qabul qilinayotganda ta‘sir o‘tkaza olmasligidan hafsalasi pir bo‘lgani haqida xabarlar ham tarqalgan.

"Everton" klubi 9 marta Angliya chempioni bo‘lgan.

5 marta Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.

Premer-Ligada 25 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turipti.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon