Qozog‘istonda qiynoq qurbonlari uchun adolat talabi

Image caption Qozog‘iston mulozimlari mamlakatda qiynoq qurbonlari bilan bog‘liq ishlarni vaqtida, adolatli ravishda tergov qilishmayapti, deyiladi Xalqaro Amnistiya tashkiloti chiqargan bayonotda

Qozog‘iston mulozimlari mamlakatda qiynoq qurbonlari bilan bog‘liq ishlarni vaqtida, adolatli ravishda tergov qilishmayapti, deyiladi Xalqaro Amnistiya tashkiloti chiqargan bayonotda.

Mamlakat bo‘ylab huquq-tartibot xodimlari, qamoqxona nozirlarining mahbuslarga nisbatan qiynoq qo‘llashi va noinsoniy munosabatlari haqidagi xabarlar inson huquqlari faollarini tashvishga solmoqda.

"Qiynoq qo‘llanilgan holatlarni tekshirmaslik, mas‘ullarni jazolamasdik qurbonlarni tahqirlangan holatda qoldiradi. Ularni umidsizlikka tushiradi", deydi Xalqaro Amnistiya tashkilotining Ovro‘po va Markaziy Osiyo mintaqaviy idorasi direktori Jon Dalhuisen.

Tashkilot chiqargan "Adolatning boshi berk ko‘chada: Qozog‘istonda qiynoq qo‘llovchilarning daxlsizligi" nomli hisobotda inson huquqlari tashkilotlari qiynoqqa solingan fuqarolardan yuzlab arizalar olgani aytiladi.

Aksariyat insonlar qo‘rqqanlaridan qiynoq haqida arz qilmaydilar.

Ko‘pchilik arz qilishdan hech qanday foyda yo‘q deb biladi.

Juda oz holatlarda qiynoq qo‘llaganlar mahkamaga tortiladi.

2015 yilda "Maxsus prokurorlar" haqida qonun qabul qilindi.

Bu adliya tizimidagi islohotlar o‘laroq taqdim etildi.

Qonunga ko‘ra, endilikda prokurorlar vazifalari kengaygan va qiynoqqa solinish holatlarini tekshirish huquqi berilgan.

Image copyright Reuters
Image caption Qozog‘iston rasmiylari qiynoqlar muammosi borligini tan olishgan, lekin uni yo‘qotish uchun harakatlar olib borilayotganini aytgandilar

Ammo bu qonun ham vaziyatni o‘nglagani yo‘q, deyiladi Xalqaro Amnistiya hisobotida.

2015 yilning ilk yetti oyi mobaynida faqatgina 7 ish mahkamaga qadar yetib borgan.

Besh ish bo‘yicha hukm chiqarildi.

Ayni davr mobaynida qamoqxona nozirlari Iskandar Tugelbayevni shu qadar kaltaklashdiki, u uch kun hushsiz yotdi.

Mulozimlar esa "dalillar yetishmasligi" degan sabab bilan Iskandar Tugelbayevning kaltaklanishini tekshirishmadi.

Iskandar Tugelbayevning qiynoqqa solingani bunga o‘xshash 12 ta hujjatlashtirilgan ishdan biri, xolos.

Qiynoqqa solinganlik haqidagi arznomalar bir idoradan boshqasiga jo‘natiladi, idoralar orasida bir-birlarini "himoya" qilish tizimi shakllangan, deyishadi qozog‘istonlik jurnalistlar.

Amnesty International inson huquqlari guruhi Qozog‘istonda hibsga olinganlarni qiynoqqa tutish keng tarqalganligi haqida bir necha yildan beri bong urib keladi.

Tashkilotning bildirishicha, biron gumon bilan qo‘lga olinganlar muntazam ravishda kaltaklanadi, bo‘g‘iladi va tepiladilar. Ammo bu noqonuniy amallar uchun hech kim jazolanmaydi.

Qozog‘iston rasmiylari qiynoqlar muammosi borligini tan olishgan, lekin uni yo‘qotish uchun harakatlar olib borilayotganini aytgandilar.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon