"MH370 uchog‘i topilishiga umidlar so‘nmagan"

Image copyright Reuters

Bortida 239 inson bilan Malayziyadan Xitoyga 2014 yilning 8 mart kuni parvoz qilgan va bedarak yo‘qolgan "Boing" uchog‘ini qidirayotgan Malayziya va Avstraliya rasmiylari uchoqqa nima bo‘lganini aniqlab bo‘ladi, degan umiddalar.

Kuala-Lumpurdan Pekinga uchgan uchoqqa nima bo‘lgani oradan ikki yil o‘tib ham noma‘lum.

Avstraliya va Malayziya hukumatlari Hind ummonining 120 ming kvadrat kilometrida qidiruv ishlarini o‘tkazishga qaror qilganlar.

Shu paytgacha faqat MH370 uchog‘iga tegishli deb ko‘rilgan faqat bir bo‘lak topilgan.

O‘tgan yili Reyunion oroli sohilida topilgan qanot bo‘lagi "Boing"ga tegishli ekani tasdiqlangan.

O‘tgan hafta esa Mozambikda ham bir bo‘lak topilgan, u parchani Malayziya rasmiylari va "Boing" shirkati mutaxassislari tekshirib ko‘rishlari lozim bo‘ladi.

O‘tgan ikki yil davomida uchoqni qidirish ishlariga 130 milliondan ortiq mablag‘ sarflangan.

Uchoq Hind ummonining har qaysi joyida halokatga uchragan bo‘lishi mumkinligi, to‘lqinlar esa uchoq parchalarini juda katta hududga sochib yuborishi mumkinligi aytilgan.

Uchoqdagi yo‘lovchilarning qarindoshlari ushbu halokat bo‘yicha bir necha mahkama shikoyat arizalari bilan Xitoy, Malayziya va AQSh sudlariga murojaat qilganlar.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq