"Islomiy davlat" rahbarlaridan biri o‘ldirilgan"

Image copyright AP
Image caption Ash-Shishaniy haqidagi ma‘lumot uchun 5 mln dollar va‘da qilingan

AQSh Mudofaa vazirligi xabar qilishicha, Suriyaning shimoli-sharqida o‘tkazilgan amaliyot natijasida "Umar-chechen" laqabi bilan mashhur bo‘lgan qo‘mondon Umar ash-Shishaniy o‘ldirilgan.

Shishaniy "Islomiy davlat" jangari guruhining rahbarlaridan biri hisoblangan. U o‘zining shafqatsizligi bilan nom chiqargan.

"Abu Umar ash Shishaniy sifatida tanilgan Tarxon Taymurazovich Batirashvili havo hujumi natijasida yo‘qotildi", deyiladi Pentagon tarqatgan xabarda.

Biroq jangarining haqiqatdan halok etilganini boshqa manbalardan tasdiqlashning hozircha iloji yo‘q.

AQSh Shishaniyning qayerdaligi haqida ma‘lumot uchun 5 mln dollar va‘da qilgan.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Batirashvilining o‘ldirilgani haqida xabar tarqatgan, biroq u tirik bo‘lib chiqqan edi.

Shishaniy internetda videomurojat bilan chiqqan, Prezident Putinga "Checheniston va Qofqozni qutqarish"ga ont ichgandi.

Image copyright Getty
Image caption Ash-Shishaniyning otasi o‘g‘lining ekstremistik g‘oyalardan uzoqda bo‘lganini aytadi

Suriyaga borishdan oldin Shishaniy Birkiani qishlog‘ida yashagan, Gurjiston armiyasida xizmat qilgan, Qofqoz tog‘larida mol boqib yurgan.

Temur Batirashvilining otasi, o‘g‘li radikal islomdan uzoq bo‘lganini aytgan BBCga. Bundan tashqari u o‘g‘lining o‘limi haqida hech qanday xabar olmagan.

"Islomiy davlat" guruhida chechenistonlik va markaziy osiyoliklarning jami soni bir necha ming deb ko‘riladi.

IShID yoki "Islomiy davlat" jangari guruhi bu mamlakatlar doxil qator davlatlarda taqiqlangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon