"Ash-Shishaniy o‘lmagan, og‘ir yaralangan"

Image copyright AFP

Londonda joylashgan Suriya inson huquqlarini kuzatish markaziga ko‘ra, ID rahbarlaridan Ash-Shishaniy og‘ir yaralangan, biroq tirik qolgan.

AQSh Mudofaa vazirligi bundan oldin Shishaniy Suriyaning shimoli sharqida o‘tkazilgan havo amaliyotida o‘ldirilgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Amerika harbiylariga ko‘ra, Umar Shishaniy sifatida tanilgan Tarxon Batirashvili o‘tgan hafta juma kuni Shaddadiy yaqinidagi havo hujumida yo‘q qilingan.

Ichida Shishaniy bo‘lganiga ishonilgan konvoy nishonga olingan.

Suriyadagi manbalarning aytishicha, uning bir qancha qo‘riqchilari o‘ldirilgan, lekin juda og‘ir yaralangan qo‘mondonning o‘zi tibbiy yordam uchun Raqqaga olib ketilgan.

Shishaniy Raqqada ovro‘polik jihodchi doktordan muolaja olyapti, degan Suriya inson huquqlarini kuzatish markazi direktori Ramiy Abdul Rahmon APga.

Shishaniyning o‘ldirilgani haqidagi xabarlarga ID hozircha izoh bermagan.

O‘tgan yili AQSh ID jangari guruhidagi "Urush vaziri" lavozimidagi Shishaniy doxil qator yuqori mavqedagi qo‘mondonlar haqidagi ma‘lumot uchun 5 mln dollar mukofot pul va‘da qilgandi.

IShID Raqqani xalifaligi markazi deb biladi.

"Islomiy davlat"ning eng shafqatsiz qo‘mondonlaridan biri deb ko‘riladigan Umar chechen laqabli Shishaniyning o‘ldirilgani haqida bundan oldin ham bir necha marta aytilgan.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham Batirashvilining o‘ldirilgani haqida xabar tarqatgan, biroq u tirik bo‘lib chiqqan edi.

Shishaniy internetda videomurojat bilan chiqqan, Prezident Putinga "Checheniston va Qofqozni qutqarish"ga ont ichgandi.

AQSh Mudofaa vazirligi ishonishicha, Shishaniy Shaddadiyga IShID jangarilarini quvvatlash uchun yuborilgan.

Shaddadiy o‘tgan oy Suriya Arab koalitsiyasi, Kurd kuchlari va isyonchi guruhlar tomonidan ishg‘ol qilingan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq