O‘zbekistonda ikki yirik korxona hissalari sotiladi

O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasiga ko‘ra, 'Navoiyazot' va 'Qizilqumtsement' aktsionerlik jamiyatlarining hissalari sotuvga qo‘yilgan.

Xabarlarga ko‘ra, ikki korxona hissalarining jami bahosi 361,2 mln dollarni tashkil qiladi.

Savdolar 16 martda boshlanadi, dastlabki natijalar 15 aprelda aniq bo‘ladi.

"Navoiazot" ning 200,9 mln dollarga teng 46 foiz aktsiyasi, "Qizilqumtsement" 160,3 dollar qilib belgilangan 35,9 foiz aktsiyalari sotiladi.

O‘tgan yil may oyida Prezident Karimov O‘zbekistondagi 68 korxonaning hissalari xorij sarmoyadorlariga taklif qilinishini aytgan.

Bundan maqsad hissalar bozorini jonlantirish, mamlakatga xorij investorlarini jalb qilish kerakligini ta‘kidlagan.

Bundan oldin "Farg‘onaazot", "Urganch ekskvator","Jizzax akkumulyator zavodi", "Aloqabank", "Turonbank", "O‘zagrosug‘urta" shirkatlarining davlatga tegishli aktsiyalari ochiq savdoga qo‘yilgandi.

Hukumatga ko‘ra, xususiy investitsiya korxonani muvaffaqiyatli boshqarishni ta‘minlaydi, mahsulot raqobatbardoshligini oshiradi.

Biroq xorijlik tadbirkorlar O‘zbekistonda biznes yuritish bilan bog‘liq muammolar tufayli, mamlakatga sarmoya yotqizishga ehtiyotkorlik bilan yondashishadi.

O‘zbekiston biznes yuritish uchun muhiti toqatsiz mamlakat deb ko‘riladi.

Bir paytlar O‘zbekistonning chet elliklar bilan muvaffaqiyatli biznes hamkorligi namunalari deb ko‘rilgan nomdor shirkatlar ham mamlakatni tark etishga majbur bo‘lganlar.

Shu boisdan hukumat beradigan statistik ma‘lumotlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij sarmoyalari ko‘rsatkichlari aniq e‘lon qilinmaydi.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonga sarmoya yotqizishga eng ishqiboz mamlakat Xitoy bo‘lmoqda.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter BBC UZBEK
  • Odnoklassniki BBCUZBEK
  • Facebook BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon