Qodirovning matbuot so‘zchisi Yashinni sudga tortmoqchi

Image copyright AP

Checheniston rahbari matbuot kotibi Alvi Karimov Bosh Prokuratura va Tergov qo‘mitasidan muxolifatchi Yashinning Ramzan Qodirov haqidagi hisobotini ekstremizm bo‘yicha tekshirishni so‘ragan.

Ilya Yashin 23 fevralda Boris Nemtsov o‘limiga bir yil to‘lishi munosabati bilan uning qotilligiga doir gumonlari aks etgan, shuningdek, Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirovga oid ma‘lumotlar bo‘lgan hisobotni e‘lon qilgan edi.

Ramzan Qodirov matbuot kotibiga ko‘ra, prokuraturaga ariza rasmiy emas, Checheniston fuqarosi sifatida berilgan.

Uning fikricha, Yashin dokladi milliy va diniy nizolarni gij-gijlaydigan mazmunga ega. Hisobot muallifi "Rossiya fuqarolariga Checheniston RF xavfsizligiga tahdid soladi, balki Rossiyaga qarshi jihod ham e‘lon qilishi mumkin", degan fikrni singdirmoqchi.

Shu bilan birga, u "Ramzan Qodirov sha‘niga tuhmat, haqorat va asossiz ayblovdan iborat. Doklad Qodirov va Chechen xalqiga qaratilgan aniq provakatsion agressiv ruhda", deydi Karimov Interfaksga bergan intervyusida.

Image copyright Getty

Ilya Yashin keltirgan "Chechen xavfsizlik kuchlarining soni va ularning Qodirovga to‘liq bo‘ysunishi" yolg‘on. Ular faqat o‘zlarining idoralari rahbariyatiga qaraydi, deb aytadi Checheniston Prezidenti kotibi.

Alvi Karimovning ushbu chiqishidan so‘ng, muxolifatchi Ilya Yashin ham o‘zining hisobotiga shunday munosabat bo‘lishini kutganini yozdi Facebookda.

Uning aytishicha, o‘z xaqligiga ishonadi va o‘z so‘zlarini qo‘shimcha dalillar bilan asoslay oladi.

Image copyright RIA Novosti

Yashinga ko‘ra, prokuraturaga ariza berish tashabbuskori Qodirovning o‘zidir.

Checheniston rahbari shu tariqa dokladning tarqalishining oldini olishga harakat qilyapti, deb hisoblaydi u. Shuningdek, bunday munosabat hisobotning nishonga borib tekkanidan dalolatdir.

Chechenistondagi vaziyatga bag‘ishlangan "Milliy xavfsizlikka tahdid" sarlavhali hisobot e‘lon etilishidan oldin texnik kamchilik bois qo‘lga kiritgan Ramzan Qodirov undagi gaplarni "safsata" deb atagandi.

FXX Kasyanovning talabini rad etdi
Image copyright Reuters

Sobiq bosh vazir Mixail Kasyanov Federal Xavfsizlik xizmatiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Instagramda muxolifatchilar nishonga olingani aks etgan videorolikni chop etishiga bog‘liq tekshirishni talab qilib ariza bergandi.

Biroq FXX Qodirovning videolavhasida huquqni buzilishiga qarshi hech bir asos topilmaganini aytib, jinoiy ish ochishni rad qilgan.

"FXX ning bu javobi Prezident Putin va uning xavfsizlik kuchlari muxolifatga qarshi shunday kurash usulini yoqlashini ko‘rsatadi", deydi Kasyanov.

Oxirgi paytda Ramzan Qodirov Rossiya muxolifatiga qarshi keskin murojaatlar bilan chiqqan. Oldinroq "xalq dushmanlari" "ruhiy davolanishga muhtoj" deb muxolifatchilarni nazarda tutgandi.

Ramzan Qodirovning so‘zlari atrofidagi bahslarga munosabat bildirgan Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Kreml Ramzan Qodirovning Instagramdagi sahifasini kuzatmasligini, vaziyatni uning aytganlari bilan chalkashtirmaslikka chaqirgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq