Ukraina: o‘zbek jangchisining taqdiri

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarda markaziy osiyoliklar ham ishtirok etishgan.

Ulardan biri 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Shavkat Muhammaddir.

Asli kasbi quruvchi bo‘lgan Shavkat O‘zbekistondan 2011 yilda, o‘zining aytishicha, “dunyoni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun” chiqib ketgan.

Qozog‘istonda ishlab yurgan payti uylanadi va qiz farzandi dunyoga keladi.

2012 yilda Ukrainaga qisqa muddatga kelgan Shavkat taqdir taqozosi bilan qizg‘in siyosiy jarayonlar markaziga tushib qoladi.

U Maydon voqealarida ko‘ngilli tibbiy xodim bo‘lib qatnashadi va keyinroq “Aydar” harbiy batalьoni tarkibida rossiyaparast bo‘lginchilarga qarshi janglarda ishtirok etadi.

O‘sha payt Donetsk bo‘lginchilari safida jang qilgan va o‘zini "Baxtiyor" deb tanishtirgan boshqa bir o‘zbek yigitning surati 2014 yili butun dunyo axborot tarmoqlarida tarqalgandi.

Begona bo‘lgan urushda o‘zbeklar bir-biriga, o‘z birodarlariga qarshi jang qilganlari haqida internetda ayrim xabarlar paydo bo‘lgandi.

Shavkat Bi-bi-si bilan bo‘lgan suhbatida “Baxtiyorni” uchratmagan esa ham, u va unga o‘xshagan boshqa o‘zbekistonliklar “haqiqatdan Rossiyaga ishongan bo‘lishlari mumkin”, - deya taxmin qiladi, biroq “ular men uchun avvalambor dushman edi", - deb ta‘kidlaydi.

2016 yilning 18 yanvarida Kiyevdagi O‘zbekiston elchiligi Ukrainada harbiy harakatlarda ishtirok etgan o‘zbekistonliklar uchun 10 yilgacha qamoq jazosini qo‘llanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Shavkat o‘zbek hukumatining ta‘qiblaridan xavotirda va Ukraina fuqaroligini olishga umid qilmoqda.

U o‘tgan yil avgustida qurolini tashlagan va hozirda ko‘ngillilar tashkilotiga yordam bermoqda.

Bi-bi-si O'zbek xizmati tayyorlagan Shavkat Muhammad videohikoyasini BBC UZBEKning Youtubedagi kanalida tomosha qiling

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon