AQSh: Qrimdagi vaziyatdan xavotirdamiz

Image copyright RIA

AQSh Davlat departamenti Qrim referendumining ikki yilligi munosabati bilan maxsus bayonot e‘lon qilgan.

Bu bayonotda 2014 yil 16 martidagi referendumni AQSh hali ham tan olmasligi ta‘kidlangan, Qrimda o‘zga fikrdagi shaxslar, etnik va diniy ozchiliklar vakillarini ta‘qib etish davom etayotganidan xavotir izhor etilgan.

Maxsus bayonotni Davlat departamenti vakili Jon Kirbi o‘qib eshittirgan.

“Biz hamon Rossiya bosib olgan Qrimdagi ahvoldan chuqur xavotirdamiz. U yerda “bosqinchi” hukumat o‘zgacha fikrni bostirmoqda, milliy va diniy ozchiliklar esa, ayniqsa, Qrim tatarlari va ukrainlar jiddiy ta‘qiblarga duch kelmoqdalar”, deyiladi bayonotda.

"Biz XXI asrda chegaralar kuch bilan qayta chizilishini tan olmaymiz. Qrim bilan bog‘liq sanktsiyalar bosqin davom etar ekan, o‘z kuchida qoladi", deb aytgan Davlat departamenti vakili Jon Kirbi.

Referendum tashkilotchilari e‘lon qilishicha, 2014 yil 16 mart kuni yarim orolda o‘tkazilgan referendumda aholining 96 foizi Qrim yarim orolini Rossiyaga qo‘shib olishni yoqlab ovoz bergan.

Qrim anneksiyasi borasida BMT Bosh assambleyasi 2014 yil 27 martida rezolyutsiya qabul qilgan.

Bu rezolyutsiya Qrim referendumi qonuniy kuchga ega emas deb tan olingan.

BMT rezolyutsiyasini jahonning 100 davlati qo‘llab-quvvatlagan.

Rossiyani 11 mamlakat dastaklagan.

58 mamlakat betaraf qolganlar.

Betaraflar orasida Rossiyaning BRIKS tashkilotidagi ittifoqchilari ham bor.

Amerikadagi Pew Research Center tadqiqot markazi so‘rovi natijalariga ko‘ra, Ukraina g‘arbida yashagan mamlakat fuqarolarining 82 foizi Rossiyaning Qrimni o‘ziga qo‘shib olganini qoralaganlar va buni qabul qilib bo‘lmas deb ta‘irflaganlar.

Sharqda esa 41 foiz so‘ralganlar shu fikrda bo‘lgan.

Qrimning o‘zida esa yarim orolni Ukrainadan ajratib olinishini yoqlab 88 foiz ovoz bergan, 4 foiz qarshi chiqqan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEKYouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.com ga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.net ga kiring