Anqara hujumi uchun “kurd jangari guruhi mas‘ul”

Image copyright AFP
Image caption Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on 37 inson halok bo‘lgan Anqara portlashlaridan so‘ng "terrorizmni tiz cho‘ktirish"ga va‘da bergan.

Kurd jangari TAK guruhi Turkiya poytaxti Anqaradagi Yakshanba kuni ro‘y bergan bomba hujumi uchun mas‘uliyatni o‘z bo‘yniga olgan.

Kurd jangari guruhi 37 insonning yostig‘ini quritgan hujumni mamlakat janubiy sharqidagi mintaqalarda hukumat qo‘shinlarining harbiy amaliyotlarga javoban qasos amali deya ta‘riflagan.

TAK Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK)dan ajralib chiqqan guruh ekani aytiladi.

Ayni guruh Anqarada o‘tgan oy amalga oshirilgan boshqa bir hujum uchun ham javobgarligini tan olgan edi.

Mulozimlar esa so‘nggi hujumda PKKni ayblashgan edi.

Yakshanba oqshomida xudkush hujumchi bo‘lgan mashina Turkiya poytaxtining ikki muhim transport tizimi tutashgan joy va tijorat markazida portlatilgandi.

O‘nlab jarohatlangan odamlar hamon shifoxonalarda ekani aytiladi.

TAK guruhi o‘z bomba hujumi xavfsizlik kuchlariga qaratilgani, oddiy odamlarni nishonga olmaganini da‘vo qilgan.

Ammo ayni guruh bu kabi hujumlarda kelajakda ham tinch aholi qurbon bo‘lishi bilan ogohlantirgan.

Shu hafta boshlarida bu hujumga aloqadorlik gumonlari bilan 11 kishi hibs etilgandi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on 37 inson halok bo‘lgan Anqara portlashlaridan so‘ng "terrorizmni tiz cho‘ktirish"ga va‘da bergan.

Janob Erdo‘g‘on, xudkushlik hujumi Turkiya xavfsizlik kuchlarining qat‘iyatini oshiradi, degan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.com ga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.net ga kiring

Bu mavzuda batafsilroq