Financial Times: 'Putinning Suriya qirg‘in maydonidagi ichi bo‘sh g‘alabasi'

Image copyright AP

Londonda nashr qilinadigan Financial Times ro‘znomasi Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadan olib chiqib ketilishiga bag‘ishlangan yana bir maqola chop etgan.

“Ikki yil oldin Rossiya Ukraina chegarasida to‘plangan kuchlarini olib chiqib ketgani haqida e‘lon qildi. Keyinroq ma‘lum bo‘lishicha, bu rejadagi joy almashuvdan boshqa narsa emas ekan”, deya xotirlanadi Financial Times maqolasida.

“Agar Suriyadan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqilishi haqidagi xabar ham ana shunday ko‘zboylog‘ichlik emas, deb taxmin qilinsa, Putin o‘zining bu aralashuvi bir necha qisqa muddatli maqsadgagina erishganini anglab yetdi”, deyiladi maqolada.

Suriyaga harbiy bosqini bilan Putin o‘zining tashqi siyosiy maqsadlariga yetishgani aniq. Assadni qo‘llab-quvvatlash bilan Moskva o‘zining Yaqin Sharqdagi ta‘sirini kuchaytiribgina qolmay, Ukraina tufayli qolib ketgan xalqaro izolyatsiyasidan biroz chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Image copyright Russian Defense Ministry Press Service

Rossiya ommaviy axborot vositalarida yakunlangan Suriya kampaniyasi olamshumul g‘alaba sifatida do‘mbira qildilar. Albatta, Suriyadan qo‘shinlar chiqarilishi Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib ketilishiga nisbatan muvaffaqiyatli ko‘rinadi. Bu narsa parlament saylovlari oldidan Kremlga o‘ziga ishonch hosil qilish tuyg‘usini beradi.

Biroq keng miqyosda olib qaraganda Rossiya bosqini ikki yirik muvaffaqiyatsizlikka olib keldi, deb yozadi Financial Times.

Image copyright AP

Birinchidan, hali ham IShID nazorati ostida Suriyaning katta hududlari qolmoqda.

“Bu narsa qo‘shin kiritilishi islomiy terrorizmga qarshi kurash maqsadida bo‘lgan edi deb aytayotgan Kremlning naqadar ikkiyuzlamachi ekanini ko‘rsatadi”, deydi ro‘znoma.

Image copyright AP

Ikkinchidan, Rossiya bombardimonlari oltinchi yil fuqarolar urushi davom etayotgan mamlakatdagi vaziyatni tubdan yaxshilay olmadi. Moskvaning amallari Suriyaga uzoq muddatli barqarorlik olib kelishga yordamlashganining birorta isboti yo‘q, deb yozadi Financial Times.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз,телефонимиз:+44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.com га тўсиқ бўлса,
  • uzbekweb.net га киринг

Bu mavzuda batafsilroq