Qozog‘istonda bachabozlarni bichishga ruxsat berildi

Image copyright Reuters
Image caption In‘ektsiya faqatgina mahkama qaroridan so‘ng qilinadi.

Qozog‘iston senati payshanba kungi majlisida bachabozlarni kimyoviy bichish haqidagi qonunni tasdiqlagan.

Qonunchilikdagi o‘zgartishlar "Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy tegajog‘lik jinoyatini sodir etadigan shaxslarga nisbatan jazoni kuchaytirish"ga taluqli bo‘lib, jumladan, "bachabozlarni majburiy tarzda tibbiy yo‘l bilan kimyoviy bichish"ni nazarda tutadi.

Senator Birganim Aytimovaning jurnalistlarga aytishicha, "kimyoviy bichish-vaqtinchalik chora bo‘lib, bir martalik ukol qilinadi".

"Bu ukol qilingandan so‘ng u butun umr shunday qoladi deganini anglatmaydi", deb aniqlik kiritgan Aytimova.

Shuningdek, in‘ektsiya faqatgina mahkama qaroridan so‘ng qilinadi.

"Biz shu tariqa bitta bolaning bo‘lsa ham hayotini himoya qila olsak, o‘ylaymanki, shunday yo‘l tutishga arziydi", deydi senator.

Kimyoviy bichish garmonal dorilarni qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Testosteron ishlab chiqarilishiga qarshi garmonal vositalar jinsiy maylni pasaytiradi.

Kimyoviy bichish to‘g‘risida qonun Moldova, Polьsha kabi davlatlarda qo‘llaniladi. Rossiyada qamoq muddatini kamaytirish hisobiga mahkum ixtiyoriy tarzda kimyoviy bichishga rozi bo‘lishiga ruxsat beriladi.

Fevral oyida G‘arbiy Qozog‘iston viloyat prokuraturasi bolalar raqs studiyalaridagi o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, bolalarning ba‘zi bir raqs ko‘rinishlari bachabozlarning e‘tiborini tortishidan ogohlantirgani aytilgandi.

Prokuraturaga ko‘ra, 2010 yilda bolalarga qarshi jinsiy mazmundagi 12 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2015 yilda 52 marta bunday jinoyatlar qayd etilgan.

Bu xavotirli holatdir, deb qayd etgan prokuratura.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.com ga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.net ga kiring

Bu mavzuda batafsilroq