Ishxonada mobil vositalardan foydalanish taqiqlanadi

Image copyright

Qozogiston hukumati davlat idoralarida mobil jihozlarni qo‘llashni taqiqlagan.

Ularning sirasiga smartfon, tablet va smartsoatlarning ham kirishi aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, bunga, ayniqsa, "Vats App" orqali hukumatga taluqli maxfiy ma‘lumotlarning chetga sizib chiqishiga oid holatlarning ko‘payib ketishi sabab bo‘lgan.

Bu Qozoq hukumati uchun juda hijolatli bo‘lgani tabiiy. Aksiga olib, ularning sizib chiqishini oldini olish haqidagi qaror ham yana hammaga ma‘lum bo‘lib qolgan. Oqibatda rasmiylar buni tasdiqlashdan boshqa choralari qolmagan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarida chop qilingan qarorda aytilishicha, bundan keyin faqat internet ulanmagan va kamerasi bo‘lmagan telefonlardan davlat binolari ichida foydalanishga ruxsat beriladi.

Shu tariqa hukumat ichki hujjatlarning ortib borayotgan sizib chiqish holatlariga chek qo‘yishga umid qilmoqda.

Tengrinews agentligiga ko‘ra, Ostona hokimi o‘zining o‘rinbosarini, Nazarboyev nevarasini vazifasidan bo‘shatish haqida qaror

WhatsApp orqali tarqalib ketadi.

17 martda Darig‘a Nazarboyevaning o‘g‘li Nurali Aliyevning o‘zi iste‘fo berganini ma‘lum qilgan matbuotga.

Bundan tashqari sizib chiqqan hujjatlar orasida prezident va parlamentga taluqli, xususiylashtiriladigan shirkatlar ro‘yxati, jinoyat joyidan olingan suratlar va boshqa muhim qog‘ozlar bo‘lgan.

Shu holatlar orqasidan qabul qilingan mobil jihozlarga davlat binolarida taqiq 24 martda kuchga kirishi kutilmoqda.

Biroq hukumat bunga qay tariqa erishmoqchi ekani noma‘lum, deb xabar beradi Bi-bi-si muxbiri Abdurasul Abdujalil.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/1Pgnln0
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/1pyvr5R)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.com ga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.net ga kiring