Rossiya mahkamasi Savchenkoga hukmni o‘qiy boshlagan

Image copyright AP
Image caption Савченко айбловни хотиржамлик билан эшитиб ўтирган.

Rossiyaning Donetsk shahar mahkamasi ikki rus jurnalistini o‘limida aloqadorlikda ayblanayotgan ukrainalik zobit Nadejda Savchenkoga nisbatan hukmni o‘qishni boshlagan.

Mahkama zalida bo‘lgan Bi-bi-si muxbiri Olьga Ivshinaga ko‘ra, hakam hamon ayblov varaqasini o‘qishda davom etmoqda.

Rossiya prokurorlari Savchenkoni 2014 yilda Ukrainaning Lugansk viloyatida ikki rus jurnalistini o‘limida aybdorlardan biri deb hisoblaydi.

Qoralovga ko‘ra, Savchenko rus jurnalistlarini halok qilgan artilleriya hujumini yo‘nalishini aniqlab bergan.

Savchenkoning o‘zi ayblovni inkor qiladi. Uning himoyachilarining ta‘kidlashicha, Savchenko rus jurnalistlari o‘limidan oldin asirga olingan. Bundan tashqari Nadejda Savchenkoning o‘zini Rossiya hududiga majburan olib o‘tganlarini aytadi.

Mahkama boshlanganidan so‘ng, bir qancha ommaviy axborot vositlari Savchenko rus jurnalistlari o‘limida aybdor deb topilganini xabar qilishgan.

Lekin keyinroq, mahkamani yoritishga yo‘naltirilgan jurnalistlar va Bi-bi-si muxbiri ham hakam bu so‘zni ishlatmagani, mahkama boshlanganida darhol ayblov qog‘ozini o‘qishni boshlagani to‘g‘risida aytganlar.

Prokurorlar mart boshida Savchenkoga 23 yil qamoq jazosi so‘ragan edilar.

Savchenko himoyachilari Rossiya hukumati ayblayotgan jinoyatlarni sodir etmagani va uning aybsizligini dalillar vositasida isbotlaganlarini aytganlar.

Shunga qaramay, Nadejda Savchenkoning o‘zi va uning himoyachilari Ilьya Novikov, Mark Feygin va Nikolay Polozov hukm ayblov tarzida bo‘lishiga shubha qilmayaptilar.

Ularga ko‘ra, Savchenkoga qarshi mahkama siyosiy o‘yindir.

G‘arb davlatlari Rossiyadan Savchenkoni ozod qilishga chaqirganlar. Dunyoning ko‘plab shaharlarida Savchenkoning himoyasiga namoyishlar bo‘lib o‘tgan.

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko oldinroq Savchenkoni uyiga yetkazish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar, jumladan ayirboshlashdan foydalanishga tayyorligini bildirgandi.

Rossiya mahkamasi majlisi 22 martda ham davom etadi.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq