Parij hujumlari: "Abdusalomning ko‘rsatmasi oltindan qimmat"

Image copyright AFP

O‘tgan yilgi Parij hujumlarida aloqadorlikda gumonlanib o‘tgan haftada Belьgiyada hibsga olingan Saloh Abdusaloming ko‘rsatmalari tekshiruvchilar uchun oltindan qimmat", deb aytgan uning himoyachisi.

"U tergovchilar bilan hamkorlik qilyapti va sukut saqlash huquqidan foydalanmayapti", deydi advokat Sven Meri.

Abdusalom Bryusseldagi xonadonlardan birida politsiya amaliyoti chog‘ida yaralangan va ushlangan edi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxslardan faqat Saloh Abdusalom amaliyot chog‘i tirik qolgani aytilgan.

Shu bilan birga, himoyachi Meri jazoni yengillashtirish evaziga Abdusalom politsiyaga ma‘lumot beruvchi bo‘lishga rozi bo‘lgani haqidagi ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarni rad etgan.

Belьgiyada tug‘ilgan va Frantsiya fuqaroligi bo‘lgan 26 yashar Saloh Abdusalom Parij hujumlaridan keyin butun Ovro‘po bo‘ylab qidiruvga berildi.

O‘tgan hafta qo‘lga tushgan Abdusalom o‘zining Frantsiyaga ekstraditsiya etilishini xohlamayotganini aytgan himoyachisi.

"Biroq ertami kech u albatta Frantsiyaga beriladi, lekin buni hakam hal qiladi", degan u.

Advokat Meri shuningdek, Abdusalom o‘zini Frantsiyadagi stadionda portlatmoqchi bo‘lgani va keyin bu niyatidan qaytgani haqida gapirganlarini prokuror Fransua Molen jurnalistlarga yetkazganini qoralagan va mahkamaga berish bilan tahdid qilgan.

Meriga ko‘ra, bu narsaning hammaga oshkor qilinishi kondidentsiallik printsipiga ziddir. Prokuror Molen esa tekshiruv qanday borayotganini haqqoniy yoritish huquqi borligini aytgan.

Tergovda aniq bo‘lishicha, Abdusalom ikki marta Budapeshtga borgan va o‘tgan yil sentyabrida mashinani ijaraga olgan.

Mashinada u bilan birga Samira Buzida va Sufian Kayal nomiga soxta Belьgiya hujjati bo‘lgan ikki kishi borgan. DNK tashhislari Sufian Kayal - Najim Lashrau ekanini aniqlagan. Najim 1991 yilda tug‘ilgan, 2013 yil fevralida Suriyada bo‘lib qaytgan.

Samir Buzid esa 15 mart kuni Bryusselda politsiya amaliyoti chog‘i o‘ldirilgan Muhammad Belqaida bo‘lishi ehtimolga yaqin.

Lashrau ayni vaqtda qidirilmoqda. Qidiruvda shuningdek, Muhammad Abrini ismi sharifli shaxs bo‘lib, Parij hujumlaridan ikki kun oldin Saloh Abdusalom bilan birga avtozapravkada videokameraga tushib qolgan.

Belьgiya politsiyasi bu shaxslarni qayerda bo‘lsa ham ko‘rganlarni darhol xabar berishlarini so‘ragan.

Parij hujumlarida ishtirok etgan 9 kishi o‘ldirilgan. Ikki kishi qidirilmoqda, bir kishi ushlangan.

Frantsiya Prezidenti Fransua Ollandga ko‘ra, terroristik oqimga aloqadorlar soni dastlab o‘ylanganidan ancha ko‘pligi oshkor bo‘lar ekan, Abdusalom imkoni boricha tezroq Frantsiyaga ekstraditsiya qilinishi kerak.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq