Samarqandda yoshlar orasida suiqasd holatlari ko‘paygan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Samarqand shahri, Urgut, Bulung‘ur, Kattaqo‘rgon tumanlari va uning atrofida 2016 yilning ilk choragida asosan yigit-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha 61 ta hodisa qayd qilingan.

Samarqandga aynan shu masala bo‘yicha safar qilgan O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati raisi Vasila Inoyatova holatni taassuf bilan gapirarkan, o‘zining ana shunday ikki xonadonga fotiha qilish uchun kirganini ta‘kidlaydi. Vasila Inoyatovaning aytishicha, ana shu suiqasdlarning ayanchli jihati ularning aksariyati maktab, litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘layotganidir.

"Men gaplashgan xonadon egalari farzandlarining janozasini shariatga zid bo‘lgani bois masjidlarga o‘qishga qabul qilishmaganini, uylariga imom va domlalarni chaqirib, janoza o‘qitishganini aytishdi. Afsuski, mazkur voqealar ko‘lami va ahamiyati kattaligiga qaramay na hokimiyat va na huquqni muhofaza qilish organlarini qiziqtirmayapti. Suiqasdlarning birortasi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan, ularning sabab va mohiyati o‘rganilmagan", deydi Vasila Inoyatova.

"Ezgulik" jamiyati Samarqand viloyatining Panjob mavzesida yuzaga kelgan yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq ayanchli vaziyat yuzasidan Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyasini jamoatchilikka izoh berishga chaqirgan.

Suiqasd holatlarining eng asosiy sababi iqtisodiy ahvol, deydi Vasila Inoyatova. Oilasini boqish bilan o‘ralashib qolgan ota-ona ham, o‘qituvchi ham bolalarning taqdiriga befarq bo‘lgani ushbu fojealarni keltirib chiqargan. E‘tibor bersangiz, har uch oiladan bittasida bolalar kun bo‘yi qarovsiz qolib ketadi. Ba‘zi oilalar bolalarini uyga yolg‘iz tashlab yoki qarindoshlariga topshirib, chetga ishlashga ketishgan. Yoshlar o‘z muammosi bilan yolg‘iz, qiyinchiliklarda yo‘l topolmay, o‘z joniga qasd qilish shundan kelib chiqadi, deydi huquq faoli.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring