Suriya armiyasi: Palmira to‘la bizning nazoratimizda

Image copyright AP

Suriya harbiylari shanba kungi Palmira va atrofidagi qaqshatqich janglar ortidan qadimgi shaharni to‘la ozod etganlarini e‘lon qilganlar.

"Tun bo‘yi kechgan og‘ir janglardan keyin armiya Palmira ustidan, shu jumladan, shaharning qadimgi qismi va zamonaviy aholi tumani ustidan to‘la nazoratni o‘z qo‘liga kiritdi", deb aytgan Suriya armiyasi so‘zchisi.

Qarorgohi Londonda joylashgan Suriyadagi Inson huquqlari vaziyatini kuzatish markazi ham ushbu xabarni tasdiqlagan, biroq Palmiraning sharqiy qismida janglar davom etayotgani haqida xabarlar olinayotganini ma‘lum qilgan.

Image copyright AFP

Palmira ustidan nazoratni qo‘lga kiritish Suriya armiyasiga Palmira va IShID nazorat qilayotgan Dayr az-Zuur shahrini bog‘lab turadigan katta yo‘lni nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Yaqin Sharqdagi eng qadimgi shaharlardan biri deb ko‘rib kelingan Palmira shahri ustidan nazoratni o‘zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan guruh 2015 yilning may oyida qo‘lga kiritgan, bundan keyin qadimgi shahar osori-atiqalarini vayron qilish, odamlarni o‘ldirishning tomoshalarini tashkillashtirgan edi.

Қадимий Палмира харобалари

Mutaassib jangarilar o‘tgan yili avgustida Palmira shahrini o‘rganishga 40 yildan ortiq umrini sarflagan 82 yoshli arxeolog Xolid al-Assadning boshini tanasidan judo qilgan edilar. (Холид ал-Асааднинг бошини танасидан жудо қилган эдилар).

IShID YuNESKOning Jahon Merosi ro‘yxatiga kiritilgan Palmiradagi ko‘plab qimmatli osori-atiqalarni talon-taroj etgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq