Rossiyada hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi ozod etildi

O‘zbekiston so‘rovi bilan Rossiyada hibsga olingan Shahobiddin O‘rinov Orlov shahar jazo izolyatoridan ozod etilgan.

Faol Bahrom Hamroyevga ko‘ra, Ovro‘po mahkamasining Rossiya Prokuraturasiga talabi bilan O‘rinov qo‘yib yuborilgan.

Rossiyada mehnat muhojirligida bo‘lgan Shahobiddin O‘rinov bundan oldin, 2013 yil may oyida soxta pul ishlatish moddasi bo‘yicha ayblanib, ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

O‘rinovning himoyachisiga ko‘ra, ish beruvchisi tomonidan berilgan pullarning soxtaligini u bilmagan. Keyin ma‘lum bo‘lishicha, O‘rinov O‘zbekiston so‘rovi bilan qamoqqa olingan. O‘zbekistonda unga taqiqlangan guruhlarga a‘zolik va konstitutsion tuzumga tahdid moddalari bilan jinoiy ish ochilgan va qidiruvga berilgan.

Moskvadagi faol Bahrom Hamroyevga ko‘ra, jazo muddati tugagan O‘rinov yana hibsga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya etilishi ma‘lum bo‘lgach, Ovro‘po mahkamasiga murojaat etilgan.

O‘rinov ishini o‘rganib chiqqan Ovro‘po mahkamasi uni O‘zbekistonga bermaslik haqida qaror chiqargan va Rossiyaga talabnoma yuborgan.

Ayni paytda O‘rinovni Rossiyada vaqtinchalik qochqinlik maqomi olishi va so‘ngra uchinchi davlatga chiqarib yuborish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda, dedi Bahrom Hamroyev Bi-bi-siga.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq