Panama hujjatlari:Putin korruptsiya ayblovlarini rad etdi

Image copyright RIA Novosti
Image caption Prezident Putin Panama hujjatlari sizdirmalarida “korruptsiyaning hech qanday unsuri” yo‘qlini aytgan.

Prezident Putin Panama hujjatlari sizdirmalarida “korruptsiyaning hech qanday unsuri” yo‘qlini aytgan.

U korruptsiya ayblovlarini rad etar ekan, o‘z muxoliflari Rossiyani beqarorlashtirishga urinmayotganini urg‘ulagan.

Putin bu haqda Panamada joylashgan Mossack Fonseca shirkatiga tegishli millionlab maxfiy hujjatlar sizdirilganidan keyin ilk bor gapirmoqda.

Ana shu hujjatlarda Putinga yaqin shaxslar bir necha ofshor shirkatlarga egalik qilishi ayon bo‘lgan edi.

Hujjatlarda bu shirkatlar pul yuvish uchun ishlatilganiga ishora qilinadi.

Putin Rossiyaning muxoliflari “Rus millatining birligidan xavotirga tushishgan...shuning uchun ham ular bizni ichimizdan ag‘darishmoqchi, bizni yanada bo‘yin egdirishmoqchi”, deb aytgan.

"Prezidentning bir do‘sti bor ekan, shunaqa ishlar qilibdi, balki korruptsiya unsuri bordir bunda...yo‘q hech qanaqa korruptsiya”, degan Rossiya rahbari.

U o‘zining uzoq vaqtlardan beri do‘sti, musiqachi Sergey Rolgudinni maqtagan.

Panama hujjatlarida Roldugin ikki ofshor shirkatga egalik qilishi ko‘rsatilgan.

Shirkatlar turfa shubhali loyihalardan millionlab dollar ishlagani anglashiladi.

Putinning aytishicha, Roldugin ishlagan deyarli barcha pullarini musiqiy asboblar va davlat tashkilotlariga xayriya uchun sarflagan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq