Jamala: "1944" da yashirin ma‘no yo‘q

Image copyright Sasha Samsonova
BBC O‘zbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham ko‘rishingiz mumkin.

Bir necha haftadan so‘ng Stokgolmda bo‘lib o‘tajak "Ovronigoh" qo‘shiq tanlovida Ukrainani Jamala taqdim etadi.

Uning "1944" qo‘shig‘i atrofida munozarali bahslar tugagani yo‘q. Jamalaning qo‘shig‘i 1944 yilda Stalin buyrug‘iga binoan Qrimdan yoppasiga deportatsiya qilingan 250 mingdan ortiq tatarlarining achchiq taqdiriga bag‘ishlangan.

Duma deputatlari qo‘shiq Rossiya siyosatiga qarshi qaratilgan deya, "Ovronigoh" rasmiylarini yengil tomashani siyosiylashtirishda aybladilar.

Yevrovideniye qo‘mitasi tadqiqot o‘tkazib "1944" nomli ashulada siyosiy ma‘no topmagani borasida qarorga keldi.

Jamalaning o‘zi, ashulaning yaratilishiga Qrim tatar millatiga mansub uning katta buvisining xotiralari turtki bo‘ldi, deb aytmoqda.

Jamalaning otasi Qirg‘izistonning O‘sh shahrida surgunda tug‘ilgan Qrim tatar, onasining chiqib kelishi esa Tog‘li qorabog‘lik armanilardan.

Tabiiyki, Jamalaning ijodida turli madaniyatlarning rang-barangligi aks etgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring