O‘zbekistonda ayollarning ko‘krak saratoni haqida gapirish vaqti yetdimi?

Image copyright .

Ko‘krak saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan saraton turidir.

Saratonga chalingan ayollardan 25 foizi aynan ko‘krak saratoni bilan og‘rishadi.

Ba‘zi mamlakatlarda ko‘krak saratoni ayollarning o‘limiga sabab bo‘luvchi ikkinchi asosiy omildir.

Bu kasallikni davolashning zamonaviy usullari anchayin samarali bo‘lib bormoqda. Jamoatchilik va turli sanoat sohalari ham bu kurashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

O‘tayotgan haftada Buyuk Britaniyada "Moda ko‘krak saratoniga qarshi" kampaniyasiga asos solinganligining 20 yilligi nishonlanib, unda taniqli modellar Naomi Kempell va Keyt Mosslar ishtirok etishdi.

Ko‘krak saratoni qanchalar erta aniqlansa, undan omon qolish ehtimoli ham shu qadar ko‘proq bo‘lishi aytiladi.

Ko‘plab mamlakatlarda ayollar muayyan yoshga yetganlaridan so‘ng saratonni aniqlash yo‘lida muttassil ravishda maxsus tekshiruvdan o‘tkaziladi.

BBC O‘zbek xizmati bu mavzuni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarib, O‘zbekistonda ham bu kabi testlarni yo‘lga qo‘yish kerakmi deb so‘ragan edi.

Hukumat bu kabi muammolarga ne qadar e‘tibor qaratmoqda, deb o‘ylaysiz?

Ammo ayni masala bo‘yicha olingan javoblar boshqa mavzularga nisbatan ozroq edi.

Jurnalistlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni mavzuda ochiqroq so‘zlash an‘anaviy qadriyatlarga o‘tirishmaydi.

Aynan shuning uchun ham hukumat ko‘krak saratoniga qarshi kurash yo‘lida faolroq harakat qilishi kerak.

BBCUZBEK Facebook

(Aksariyat fikr-mulohazalar tahrirsiz berilmoqda-tah.)

Farkhod Abdurakhmonov: Aholi sog‘ligi, sog‘lom avlod haqida qayg‘uradigan davlat hukumati kasalliklarni oldini olish uchun barcha chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishi kerak. Bizda ko‘p narsalarga e‘tibor qaratiladi, lekin faqat qog‘ozda, hisobotlarda, ma‘ruzalarda.

Murod Hasanow: Saratondan xudo saklasin, uzingni sogligingni uylamasang, vaktida shifokorga bormasang, bu kasallikka bas kelaolmaysan Baxrom Abduraximov: Nafslampirini aytganda, ushbu savolga professional darajada yondoshmoqlik ma‘qul bo‘lar edi, ammo aynan professionallik darajasi bizda qay axvolda ... ? Barcha soxada SOXTAKORLIK bo‘lganidek, shifokorlarimiz ham o‘z kasbiga sadoqatlimi, Gippokrat qasamiga sodiqmi? Guyokim mavzudan chalg‘ishdek ko‘rinar balkim, ammo barcha mavzulardagi eng katta muammo ham bizning jamiyatimizda aynan professionallikning "yo‘q"-ligida bo‘lsa ajab emas. Sababikim professional do‘xtir uchun faqat bemor va uning kasalligi muxim bo‘lmoqligi lozim, bemorning mavqei yokim moddiy axvoli emas, bemor bu bemor bo‘lishligi kerak, u xokimu mutlaqmi yo boyu bayonmi ekanligidan qat‘i nazar u shifoga muxtoj - BEMOR BO‘LMOLIGI ShART ! Ammo ming afsuskim bizda unday emas. Qissadan hissa shukum, ommaviy majburiy saratonga qarshi tekshiruv testlari joriy etilsa, shifokorlarimiz kasbiy majburiyat -Gepokrat qasamini ham unutib yuborishlari va shu masala ustidan ham faol "tadbirkor"lik faoliyatlarini boshlab yuborishlari ham extimoldan xoli emas. Axir bizda barcha isloxatlar ulug‘ maqsadlarni ko‘zlab joriy etiladi, ijrosi esa qo‘li tegarning -og‘zi tegar qabilida, o‘z shaxsiy manfaatlarga xizmat qilishligi ham sir emas. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorlar Prezident himoyasida, aynan shuning uchun ham barcha-barcha, bog‘cha tarbiyachisidan tortib qabriston qorovuligacha, Prezident "himoyasi"da bo‘lishlikni orzu qilishib, o‘z ishlarini "tadbirkor"likka aylantirib yuborganliklari ham sir emas... ShIFOKOR AVVLOMBOR ShIFOKOR BO‘LSIN - KEYIN TADBIRKOR, biZNESMEN-TADBIRKOR - ShIFOKOR EMAS !!!

Farkhod Abdurakhmonov: Bahrom Aka! Gaplaringizga qo‘shilaman. Albatta har bir kasb egasi o‘z ishini sevsa o‘shanda ishini sifatli, halol qilib, professional darajada bajaradi, ayniqsa, shifokorlar juda ham ishlarini puxta bilishlari, kasblariga mas‘uliyat bilan yondashishlari muhim chunki ularning faoliyatlari natijasi insonning hayotiga, umriga ta‘sir ko‘rsatadi. Shifokorlarning qasamyodni buzayotgan holatlari ko‘p ammo buning ildizi asosan moddiy manfaatdorlikka borib taqaladi. To‘g‘ri ham pulni olib va yana noto‘g‘ri tashxis qo‘yib butun bir insonni o‘limigacha sababchi bo‘layotganlar bor, bu alohida mavzu. Bizdan so‘ralayotgan masala bo‘yicha shifokorlarning mas‘uliyatlari bir tomon bo‘lsa ikkinchi tomondan Hukumatning shunday turdagi kasallarga e‘tibori, mablag‘ ajratishi turadi.

Baxrom Abduraximov: Xukumat- KU mablag‘ ajratar, ammo ushbu mablag‘ kimga borib tegar, asli shifo uchun mablag‘ga muxtojlargamikan, yoki yana ham "qo‘li tegganning og‘zi tegar" larga mikan? Ming afsuskim, bizda maqsadlar muqaddas, amali undaymas, buning yagona davosi esa, xukumat darajasida, barcha illatlar va kamchiliklarni avvalombor tan olmoqlik, unga to‘g‘ri baxo - tashxis qo‘ymoqlik va undan keyin shifosini hamma birgalikda qidirmoqligi lozim ...., ammo bu so‘zlar guyokim balandparvozlikdek, jilla qurisa orzudek misoli, ammo kimdir qachondir shu ishlarni qilishi shart -KU!!!

BBCUZBEK Odnoklassniki

NoSiRjOn Dexkonov: Kayerda tekshiradi bu kasallikni.boshlanish Alomatlari nimadan boshlanar ekan

U Z: Hukumatning vaqti yo‘q ayollarni tushunishga! Terror bilan ovora!

SAID SAIDOV: Albatta kerak, ( ko‘krak saratonini testlar bilan aniqlash-tah) toki onalarimiz ham qarilik gashtini surish baxtiga muyassar bo‘lishsin

Ty Gost V Etom Mire: Ko‘krak saratoni juda ham og‘ir kasallik hisoblanadi, menimcha, albatta bu kasallikka qarshi O‘zbekistonda ham – kasallikni aniqlovchi monitoring markazlarini tashkil qilinsa yomon bo‘lmas edi. Yana yiliga bir marta va yo ikki marta xotin-qizlarimizni ko‘rikdan o‘tkazib turilsa, hamma viloyat tumanlarida monitoring marzkazlari ochilsa va faqat ko‘krak saratoni bilan kasallanish xavfi yuqori joylarda 2 yoki 3 ta shunaqa markazlar ochilib, ishlab tursa bu kasallik ko‘paymas edi, ayollarimiz umrlari uzoq bo‘lardi...

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq