Prezident Russef iste‘fosi uchun yetarli ovoz to‘plandi

Image copyright Ag. Brasil

Braziliya parlamenti quyi palatasi mamlakat prezidenti Dilma Russefga qarshi impichment jarayonini boshlash uchun ovoz bergan.

"Ha" guruhi ovozlarning zarur uchdan ikki foizini qo‘lga kiritgan.

Braziliya konstitutsiyasi bo‘yicha prezident iste‘fosi uchun parlament a‘zolarining uchdan ikki qismining ovoz berilishi talab qilinadi.

<span >Ovoz berish endi Rusself xonimni prezidentlikdan chetlatish uchun parlament yuqori palatasida davom etadi.

Braziliya prezidenti Dilma Russefning raqiblari u 2014 yil qayta saylanishini ta‘minlash uchun ovozlarni qalbakilashtirganligini ta‘kidlaydilar.

Prezident Russef esa ularni rad qilib keladi va o‘zining siyosiy muxoliflarini hokimiyatni ag‘darishni rejalashtirganlikda ayblaydi.

Muxolifatga ko‘ra, prezident saylovi oldidan Dilma Russef mamlakat byudjetidagi aniq defitsitni yashirgan.

Bundan tashqari, Russef xonimni Braziliyaning yirik Petrobras neft shirkati pullarini chetga chiqarish uchun foydalanilgan korruptsion tizimga aloqadorlikda ayblamoqdalar.

Quyi palatada Russelfga qarshi ovoz berganlar talab qilingan 342 ovozdan ko‘p bo‘lgan.

367 deputatning impichmentni yoqlab ovoz bergani bu masalani senatga o‘tkazilishini ta‘minlagan.

"Yo‘q" guruhi, ya‘ni Russef xonim prezidentlikda qolishi tarafdorlari 167 ovozni tashkil etgan, yetti deputat betaraf qolgan, ikki deputat jarayonda ishtirok etmaganlar.

Agar senatorlar Dilma Russefni dastaklashdan bosh tortsalar, yuqori palatadagi ovoz berishdan keyingi 180 kun ichida prezident hokimiyatdan chetlashtiriladi.

Yakshanba kuni Prezident Russefning tarafdorlari va qarshilardan iborat 25 mingga yaqin kishi ovoz berishning borishini kuzatish uchun Braziliya poytaxtida kongress binosi oldida yig‘ilganlar.

To‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida minglab politsiya jalb qilingan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring