O‘zlik va ijtimoiy tarmoqlar

BBC Jahon Xizmati "O‘zlik" mavzusiga bag‘ishlangan turkum dasturlarni davom ettiradi.

So‘nggi 25 yil mobaynida ijtimoiy tarmoqlar internet olamining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi.

Internet odamlarning o‘z-o‘zlarini FACEBOOK va TWITTER kabi ijtimoiy tarmoqlarda ifodalashlariga ta‘sir qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar inson hayotida mustahkamlashib borar ekan, oldin umrimizda eshitmagan yoki ma‘lumotimiz umuman bo‘lmagan shaxslar, g‘oyalar, fikrlar va turfa madaniyatlar ongimizga kirib kelmoqda.

Bularning bari o‘zligimizni boshqalar bilan taqqoslab, qayta ko‘rib chiqishga majbur qilayotir.

Boshqa tomondan, ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlar dunyoning narigi chetidagi kishi bilan bir zumda bog‘lanish qobiliyatiga ega bo‘lib muloqot qilish imkoniga ega bo‘lmoqda. Tez sur‘at bilan o‘zgarayotgan internet muhitida inson o‘zligi qay darajada o‘zgaradi?

Bugungi kunda odamning "o‘zligi" ijtimoiy tarmoqlar orqali qanchalik ifodalanadi?

O‘zbekistonlik jamiyatshunos Anvar Nazir bilan suhbat.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring