Hind hukumati: "Ko‘hinurda haqqimiz qolmagan"

Image copyright Getty
Image caption Tojni bezagan olmos

Hindiston hukumati Oliy Mahkamaga "Ko‘hinur" olmosini Britaniyadan talab qilmaslikni so‘ragan.

Chunki, deyiladi hukumat tasviyasida, Britaniya hukumati "Ko‘hinur" olmosini o‘g‘irlamagan.

"Nur tog‘i" deb nomlanadigan va bebaho deb ko‘riladigan "Ko‘hinur" olmosi Britaniya qo‘liga 19-asrda kelib tushgan va Londonda namoyish etiladigan Britaniya qirolligi zargarlik ko‘rgazmasining bir qismiga aylangan.

Hindiston mahkamasi fuqarolik jamiyati guruhining olmosni Hindistonga qaytarish shikoyatini ko‘rib chiqmoqda.

Madaniyat vaziri aytishicha, "Ko‘hinur" Panjob Maxardjasi Ranjit Singx tomonidan Britaniyaga sovg‘a qilingan.

Tarixdan ushbu olmos Hindistonda hukumronlik qilgan Boburiylar sulolasiga tegishli ekani aytiladi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring