Turkman-Afg‘on chegarasida xavfsizlik kuchaytirilgan

Image copyright AFP
Image caption Makaziy Osiyo davlatlari bilan chegaradosh hududlarda Tolibon va boshqa jangari guruhlar kuchlari to‘planayotgani aytilmoqda

Turkmanistonning Afg‘oniston bilan chegarada yuzaga kelgan vaziyat bois, Mari hududida mamlakat qurolli kuchlari jangovor holatga keltirilgani aytilmoqda.

Janubiy Mari viloyatida aprel oyi boshidan beri vaziyat tarang qolmoqda.

Oldin tarqalgan xabarlarga binoan, Tolibon, "Islomiy davlat" jangari guruhi va kichik mahalliy qurolli guruhlar Markaziy Osiyo bilan chegara hududlarda to‘plana boshlaganlar.

Turkmaniston hukumati harbiy harakatlar mamlakat hududiga o‘tishidan xavotirda.

"Xroniki Turkmenistana" nashrining o‘z manbalariga tayanib aytishicha, ayni paytda chegara va harbiy bo‘linmalar kuchaytirilgan sharoitda turishibdi.

Manbalarning bildirishicha, huquqni muhofaza qilish xizmatlari ham kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Serxetobod(sobiq Kushka) va Taxtabozorda faqat mahalliy odamlar o‘tkazilmoqda. Mari-Serxetobod, Mari-Taxtabozor avtotrassalarida va boshqa chegara tumanlarida ham blokpostlar o‘rnatilgan.

Tungi soatlarda qurolli kuchlar safi ko‘paytirilmoqda.

Shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston, O‘zbekistonda ham chegara qo‘shinlari yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgani xabar qilinadi.

Qirg‘izistonning Botken viloyatida "Xavfsizlik-2016" amaliyoti boshlangan.

Tojikiston ham chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Afg‘onistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Qunduz viloyatida toliblar va hukumat kuchlari o‘rtasida qaqshatqich janglar ketmoqda. Suriyadagi o‘zbek jangchilaridan iborat Al-Buxoriy jangari guruhiga ko‘ra, Markaziy Osiyo bilan chegaradosh Afg‘onistonda o‘zining "Afg‘on bo‘limi" askarlari janglar olib bormoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq