Poroshenko Putin bilan Savchenkoni ozod qilishga kelishgan

Image copyright AFP

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko o‘zining rus hamkasbi Vladimir Putin bilan Rossiyada 22 yil qamoq jazosiga hukm qilingan ukrain harbiy Nadejda Savchenkoni ozod qilish bo‘yicha ilk rejaga erishib olganini aytgan.

"Putin bilan kecha olib borilgan suhbat mening tashabbusim bilan bo‘ldi, va ilk qadamlarga asoslanib aytsam, menimcha, Nadejda ozod etilishi yo‘lida qandaydir rejaga kelishib olishga muvaffaq bo‘ldik", - dedi Poroshenko Kiyevda Daniya Bosh vaziri Lars Rasmussen bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.

Avvalroq Poroshenko, Germaniya kantsleri Angela Merkel va Frantsiya prezidenti Fransua Olland Rossiya hukumatini Nadejda Savchenkoni zudlik bilan ozod qilishga chaqirganlar. Savchenko sud hukmidan norozilik bildirib quruq ochlik e‘lon qilgan.

O‘tgan hafta Gruziya parlamenti ham rezolyutsiya chiqarib Rossiyani Nadejda Savchenkoni va boshqa "noqonuniy qo‘lga olingan" ukrain fuqarolarini zudlik bilan ozod qilish va Ukrainaga topshirishga undagan.

Savchenkoga qarshi hukm mart oxirida chiqarilgandi. Rossiyadagi sud uni Donbassda ikki rossiyalikni o‘ldirish, tinch aholi joniga qasd qilish va Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda aybdor deb topgan.

Savchenkoning o‘zi aybdor ekanini rad etadi va rossiyalik ikki jurnalist o‘limidan bir soat avval asirga olingani, shuning uchun ham bu qotillikka aloqador bo‘lishi mumkin emasligini aytadi.

O‘tgan dushanba kuni Kiyevda terrorchilikda ayblanib 14 yilga qamalgan rossiyalik Yevgeniy Yerofeyev o‘zi va safdoshi Aleksandr Aleksandrovga qarshi hukm Savchenko uchun o‘ch olish maqsadida chiqarilganiga ishonishini aytdi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring