Bir nasroniy yahudiylarni qanday qilib chuv tushirdi?

Image copyright Reuters

Polshadagi maktablarda yahudolik dinidan dars bergan va ibodatlarda ravvinlik qilgan shaxs, xabarlarga ko‘ra, na yahudiy va na ravvin bo‘lgan ekan.

O‘zini Isroilning Hayfasidan deb tanishtirgan va Yakub Ben Nistel nomini olgan shaxs aslida katolik nasroniy oshpaz Jacek Niszczota ekani ma‘lum bo‘ldi.

Yahudiylar kabi kokil va soqol qo‘ygan, shlyapa kiygan bu asli nasroniy shaxs hozir Poznan shahridan g‘oyib bo‘lgan.

Ammo shahardagi kichik sonli yahudiylar jamoasi baribir unga yordamlari uchun minnatdorlik izhor qilgan.

"Ravvin" televizion suhbatda fosh bo‘ladi.

Uning hamshahari tanib qoladi.

Polsha gazetiga ko‘ra, shundan keyin "ravvin" g‘oyib bo‘lgan va u bilan bog‘lanish harakatlari samara bermagan.

Poznandagi yahudiy jamoasining prezidenti Alicja Kobus France-Presse agentligiga, ravvinning hujjatlarini tekshirish hech kimning xayoliga kelmaganini aytgan.

"Men uning bu qadar fidoyiligini, ibriychani, yahudiylar an‘analari, ibodatlarini o‘rganganiga qoyilman! U bularning barini Isroil radiosini tinglab o‘rgangan", deb aytgan u.

Yahudiylar jamoasining rahbari bu soxta ravvinga nisbatan ko‘nglida hech qanday gina-kudrat qolmaganini aytgan.

Uning aytishicha, "ravvin" o‘z xizmatlari uchun bir tiyin ham olmagan.

Uning sochu kokillari aftidan qoraga bo‘yalgan, chunki "ravvin" oq-sariqdan kelgan kishi bo‘lgan...

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/1Si6GlC
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/1WCQHUC)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring