Kemeron: Qirolicha xalqimiz uchun mustahkam qoya

Image copyright Getty

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Qirolicha Yelizaveta IIning 90 yoshlik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘llagan.

O‘z murojaatnomasida Devid Kemeron qirolichani mustahkamlik ramzi deb ta‘riflagan.

"Hazrati Oliyalari Qirolicha bizning zamonimizdagi g‘ayrioddiy hodisalar paytida yashadi. Ikkinchi Jahon urushidan u to‘y liboslari xarid qilgan xalqlargacha. 1966 yili Uemblida Angliyani Jahon kubogida taqdim etganidan to uch yil keyingi insonning Oyga qadam qo‘yishigacha. Sovuq urush tugaganidan boshlab Shimoliy Irlandiyadagi tinchlikkacha" "Bularning barchasi mobaynida, madaniyatlarning qo‘zg‘aluvchan qumlari va siyosat to‘lqinlarining borib-kelishi ustida ustun qolib Hazrati Oliyalari bizning xalqimiz va butun Hamdo‘stlik xalqlari uchun, ba‘zan esa butun dunyo uchun mustahkamlik ramzi, bukilmas qoya bo‘lib qoldi", deyiladi bosh vazir tabrigida.

Image copyright PA

Qirolicha tavalludi munosabati bilan uning nabirasi shahzoda Uilyam maxsus radio tabrik yozgan.

Buvisini tabriklarkan, shahzoda Uilyam Shekspirning "Henrih VIII" pesasidan bir parcha o‘qigan.

Qirolicha Yelizaveta IIning 90 yoshlik yubileyi munosabati bilan mamlakatda tantanali tadbirlar rejalashtirilgan.

Image copyright AFP

Bu tadbirlar orasida qirolichaning umr yo‘ldoshi, 94 yoshli Shahzoda Filip bilan Vindzor qasri bo‘ylab sayri rejalangan.

Britaniya qirolichasining yubileyi rasmiy marosimlari har doimgidek iyun oyida bo‘lib o‘tadi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq