Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

1916 yil qo‘zg‘oloni: Istanbul anjumani

Istanbulda 1916 yilgi Turkiston qo‘zg‘olonining 100 yilligiga bag‘ishlangan anjuman nihoyasiga yetgan.

Turkiston o‘lkasining musulmon aholisini jabha ortidagi ishlarga safarbar qilish haqida Oq poshsho farmoniga qarshi Samarqandda (o‘sha paytda Samarqand viloyatiga qaragan Ho‘jandda) boshlangan qo‘zg‘olon tez orada boshqa shahar va qishloqlarga ham yoyilgandi.

Chor hukumati qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostirishi natijasida, 100 mingdan 1 milliongacha insonning halok bo‘lgani taxmin etiladi.

Qo‘zg‘olonda qatnashgan yuzlab turkistonliklar chor mahkamalari tomonidan hukm etilib, qatl qilingan.

Turkistonlik tarixchilar voqealarni qatliom deya tasvirlaydilar.

17-18 aprel kunlari Xalqaro Turkiston Hamkorlik Jamiyatining 2-Qurultoyi doirasida o‘tkazilgan anjumanda markaziy osiyolik tarixchilar, siyosatchi, jurnalist va faollar ishtirok etishgan.

Ular Turkiston xalqlarining o‘tmishi va kelajagi, jumladan, mintaqadagi tili, dini va madaniyati bir bo‘lgan xalqlarning o‘zaro yaqinlashuvi haqida so‘z yuritganlar.

"Bugun Turkistonda yashayotgan turli davlatlarning fuqarolari bo‘lgan xalqlarimizning bir siyosiy ittifoqda birlashish imkoni bo‘lmasa-da, ularning madaniy va imoniy jihatlardan, umumiy milliy g‘oya va bir xalqqa mansublik nuqtai nazaridan bir-birlariga yaqinlashishlarini maqsadga muvofiq, deb bilamiz. Turli lahjalar, tillar va shunga o‘xshash jihatlar orasidagi farqliliklarni tabiiylik, deb bilish birga ularning halqlarimiz orasida dushmanlikka sabab bo‘lishini istamaymiz. Xalqlarimiz orasida fikrlar xilma-xilligini o‘zaro nizolar sababi emas, fikrlarimizni yanada boyitadigan nuqtai nazarlar o‘rnida ko‘ramiz", deyiladi Qurultoy so‘nggida qabul qilingan bayonotda.

BBC anjuman qatnashchilari bilan suhbatlashgan.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/1Si6GlC
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/1WCQHUC)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring