Qozog‘istonda bachabozlar kimyoviy bichiladi

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev yosh bolalarga nisbatan jinsiy mazmundagi jinoyatlarni sodir etganlarga jazoni kuchaytirishni nazarda tutgan qonunchilikdagi o‘zgartirishlarni tasdiqlagan.

Bu haqda 21 aprelda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar bergan jurnalistlarga.

Yangi qonunga binoan, bachabozlarga kimyoviy bichish jazosi qo‘llash ruxsat etiladi.

Qayd etilishicha, jinoyat, jinoyat-protsessual kodeksi, ma‘muriy qonunbuzarliklar haqida va sog‘liqni saqlash tizimi va aholi sog‘ligi haqidagi kodekslarga qonunga asosan o‘zgartirishlar kiritilgan.

Senator Birginim Aytimovaning aytishicha, bichish jarayoni aybdorga vaqtinchalik ta‘sir qiluvchi bir martalik ukol orqali o‘tkaziladi.

Image copyright THINKSTOCK

"Kimyoviy bichish degani tegishli shaxsga in‘ektsiya yuborilgach, u bir umrga mayib bo‘lib qoladi, deganini anglatmaydi. Biz shu tariqa bitta bolaning bo‘lsa ham hayotini himoya qila olsak, o‘ylaymanki, shunday yo‘l tutishga arziydi", deydi senator.

Shuningdek, bichish faqat mahkama qaroridan so‘ng amalga oshirilishi ta‘kidlanadi.

2015 yil avgust oyida Qozog‘iston Prokuraturasi bachabozlarga qarshi choralarni kuchaytirishni taklif qilgan edi. Bunday tashabbusga mamlakatda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar sonining keskin oshgani sabab bo‘lgani aytilgan.

Prokuraturaga ko‘ra, 2010 yilda bolalarga qarshi jinsiy mazmundagi 12 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2015 yilda 52 marta bunday jinoyatlar qayd etilgan.

Kimyoviy bichish erkak tanasida testosteron ishlab chiqarishni bir necha oyga susaytiradigan garmonal dori vositalarini qabul qilishni ko‘zda tutadi. Shu tariqa jinsiy jinoyatga moyil bo‘lgan kishida jinsiy maylni susaytiradi.

Kimyoviy bichish to‘g‘risida qonun Moldova, Polsha kabi davlatlarda qo‘llaniladi. Rossiyada qamoq muddatini kamaytirish hisobiga bachabozlikda ayblangan mahkum kimyoviy bichilishni ixtiyoriy tanlashi mumkin.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq