Toshkent tramvay depolari mulklari sotiladi

O‘zbekiston poytaxtida tramvay qatnovlari to‘xtatilishi ortidan tramvay depolariga tegishli mol-mulk sotib yuboriladi.

O‘zbekiston hukumatining 2016 yil 5 apreldagi "Toshkent shahri transport infratuzilmasini yanada takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida" deb nom berilgan qaroriga binoan, Toshkentda tramvay qatnovining tugatilishi munosabati bilan, "Toshkent tramvayi" unitar korxonasiga tegishli mulk kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.

"Toshshahartransxizmat" shirkati xabariga ko‘ra, sotiladigan bino va inshootlar jami 24,3 gektar maydonni egallagan.

Sotuvga ikkinchi va uchinchi depolarning bino va vositalari, shahar elektrtransportiga xizmat ko‘rsatish bo‘linmasi va yo‘llar xizmatiga qarashli birinchi va ikkinchi depo bino inshootlari qo‘yilgani xabar qilinmoqda.

Hukumat qaroriga muvofiq, kimoshdi savdosidan tushgan mablag‘lar, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 400 dona Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusini xarid qilish uchun ajratilgan kreditlarni qoplashga yo‘naltiriladi.

2016 yil 22 aprelidan boshlab, shaharda 9- va 13-tramvay yo‘nalishlari to‘xtatilgan edi.

Qolgan ikki yo‘nalish 8- va 17-tramvaylarning qatnovi ham tugatilishi aytilgan.

"Toshkent tramvayi" korxonasida jami 87 vagon bo‘lgan.

Chexiyadan xarid qilib kelingan Vario LF tramvaylarini xorijiy mamlakatlarga sotishni mo‘ljallaganlar.

Ayni paytda tramvay qatnovi to‘xtatilgan yo‘nalishlarda demontaj ishlari boshlangan, ular 1 sentyabrgacha tugatilishi rejalashtirilgani haqida xabar beradi Gazeta.uz sayti.

Toshkentda 22 apreldan tramvaylar harakati to'xtatiladi
  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq