G‘urbatdagi g‘ariblar: "O‘zbekistonga yetadigani yo‘q"

Image copyright none
Image caption Baxtiyor bilan suhbatni BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling

O‘zbekistonlik Baxtiyor 10 yildan beri Rossiyada. U O‘zbekistonda tarix o‘qigan, oliy ma‘lumotli. Yoshlar bilan bog‘liq loyihalarda ishlagan. Keyin esa, Moskvaga yo‘l olgan.

Uning o‘zi buni: "Musofirchilikni bir sinab ko‘rishni o‘zimga ep ko‘rdim", deya izohlaydi.

Baxtiyor avvaliga turk shirkatlaridan birida ishlagani, bugun esa, qo‘riqchi bo‘lib ishlayotganini aytadi.

"Musofir bo‘lmaguncha, musulmon bo‘lmaydi, degan gap bekorga aytilmagan ekan... Ba‘zi biz sohalar, ba‘zi bir shaharlar 10-20 yil Rossiyadan orqada bo‘lsa, shunday sohalar borki, Rossiya, kerak bo‘lsa, 200-300 yil bizdan orqada. Nima bo‘lishi mumkin? Ota - onaga, kattalarga hurmat tushunchasi bizda ancha yuqori. Har qancha maqtansa, arziydi. Gapning qisqasi, bizning vatanimizga yetadigani yo‘q..." deydi u.

"Ota-ona va vatan qadrini shu musofirchilikda yetar ekan inson. Avval menga bunday so‘zlar balandparvoz bo‘lib eshitilardi. Ammo, endi bilamanki, bu gaplar haqiqatni bilib aytilgan ekan".

Bugun millionlab markaziy osiyoliklar Rossiyada rizq terishmoqda.

Poytaxt Moskvaning o‘zida ularning soni o‘n minglab...

Ammo G‘arb sanktsiyalari hamda neft narxlari tushib ketgani bois Rossiyada iqtisodiy ahvol og‘irlashgan.

Bu esa, mehnat muhojirlari hayotiga ham ta‘sir etmay qo‘ymagan. Kimlar ishini yo‘qotgan, yana kimlar maoshini ololmayotganidan shikoyat qiladi.

Boshqalar vatanga qaytishdan o‘zga choralari qolmayotgani haqida so‘zlaydilar.

Gulsevar Zamon lavhasini BBC UZBEK ning You Tube kanalida tomosha qiling.
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq